Kuman "Barselona" boshqaruvidagi eng yaxshi va eng yomon o'yinini aytdi
08 sen 2021 20:49
Yangiliklar
Kuman "Barselona" boshqaruvidagi eng yaxshi va eng yomon o'yinini aytdi
Ronald Kuman Ispaniyaning Sport gazetasiga bergan intervyusida qo'l ostidagi "Barselona"ning eng yaxshi va yomon o'yinini tanladi.
Kumanning takidlashicha, shogirdlarining eng yorqin o'yini Ispaniya kubogi finalidagi "Atletik"ga qarshi bahs hisoblanadi, o'shanda kataloniyaliklar 4:0 hisobida g'alaba qozongan.
"Ushbu uchrashuvning boshidan oxirigacha mukammal o'yin ijro etgandik. Messi ajoyib o'ynagandi. Umuman, barcha ajoyib o'yin namoyish etgandi", — dedi Kuman.
Eng yomon o'yin sifatida niderlandiyalik mutaxassis La Liganing "Granada"ga qarshi o'z maydonida mag'lubiyatga uchrab, mavsum yakunigacha birinchi o'ringa chiqish imkoniyatini qo'ldan boy bergan bahsni tanladi.
"Bu eng yomon uchrashuv edi, vaholanki, 70-daqiqalar arafasida ham 1:0 hisobida oldinda borayotgandik..." — deya xotirlaydi murabbiy.
Fikrlar