Kuman: “Avvalgi klublarimda ilk 100 kunlik ishim “Barselona”ga qaraganda xotirjamroq kechgandi”
29 noy 2020 09:26
Yangiliklar


Kuman: “Avvalgi klublarimda ilk 100 kunlik ishim “Barselona”ga qaraganda xotirjamroq kechgandi”
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman La Liga 11-turi doirasida “Osasuna”ga qarshi bahs oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Barselona”ni og'ir bahs kutib turibdi. “Osasuna” yaxshi himoyalanadigan jamoa. Dest bugun mashg'ulotlarda yaxshi qatnashdi, ertaga uning maydonga tushish yoki tushmasligi masalasini hal qilamiz. Bugun biz agar u maydonga tushmasa, uning o'rniga kim to'p tepishi borasida suhbatlashdik. Messi va De Yong yaxshi hordiq chiqarishdi. O'ylaymanki, ular ertangi o'yinga tayyor bo'lishadi.
Barselonadagi ilk 100 kunim? Boshqa klublardagi faoliyatimda dastlabki 100 kunda ancha xotirjam edim. Ammo men bu erda o'zimni baxtli his qilayapman. Turnir jadvlida bizdan teparoqda borayotgan klublar bilan oradagi farqni qisqartirish vaqti keladi”, deya Kumanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda AS.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar