Kulibali uchun 2019 yil yakunlandi
15 dek 2019 11:51
Yangiliklar


Kulibali uchun 2019 yil yakunlandi
"Napoli" klubi himoya chizig'ining etakchisi Kalidu Kulibali jarohatga yo'liqdi.
Kulibali Italiya chempionataning 16-turi doirasidagi "Parma"ga qarshi uchrashuvda (1:2) jarohatlandi. Senegallik himoyachi o'yinni davom ettira olmasligi oydinlashgach, 5-daqiqada uning o'rniga Sebastyano Lupeto maydonga tushirildi.
Neapol klubi rasmiy saytining xabar berishicha, Kulibali kelasi yilda maydonga qaytadi. Jarohatning darajasi bir necha tibbiy ko'riklardan so'ng aniq bo'lishi takidlangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar