So’nggi yangiliklar

17:50Расман: "Арсенал" ёш футболчиси билан шартномани узайтирди  0 17:35"Эшитдик-да"нинг инсайди тасдиқланди: Исмоилов "Нефтчи"да!  8 17:23"Футбол олами". Хайр, "Нефтчи". Хайр, ОКМК   0 17:05Суперлига. 14-тур дисквалификациялари: "Сўғдиёна", "Навбаҳор" ва "Сурхон"да йўқотишлар бор  0 16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  2 16:07"Бухоро" Олмалиқда ОКМКни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:50Тошкентда аёл ҳакамлар учун ФИФА семинари бошланди  0 15:38Ўзбекистон МТЖ собиқ аъзоси "Шўртан" мураббийлар штабидан жой олади  3 15:16"Манчестер Сити" футболчиси сафдан чиқди  0 14:49"Бунёдкор" стадионида аёллар ўйнайди: Суперлига баҳси "Дўстлик"ка кўчди  1 14:33Қониқарсиз натижалар "Локомотив" мураббийларини лавозимидан маҳрум этди  2 14:04Қашқадарё вилояти футбол академияси футболчилари "Насаф" қароргоҳида бўлди  0 13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  7

"Kuchli terma jamoalar bilan o'ynab o'zimizni ham Evropaga tayyorlab boramiz". Doniyor Abdumannopov Slovakiya va Ukraina bilan o'yinlar haqida Yangiliklar

"Kuchli terma jamoalar bilan o'ynab o'zimizni ham Evropaga tayyorlab boramiz". Doniyor Abdumannopov Slovakiya va Ukraina bilan o'yinlar haqida

Xabaringiz bor Ravshan Haydarov murabbiyligi ostidagi O'zbekiston U22 terma jamoasi "Antalya Cup 2021" xalqaro turnirida ishtirok etishdi.

Mazkur musobaqada vakillarimiz Slovakiya (0:2), Ukraina (1:1) va Qozog'istonlik (2:0) tengqurlariga qarshi maydonga chiqishdi. Yurtimizdagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan jamoamiz uchun ushbu yig'in va Evropa jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari foydali bo'lgani shubhasiz. Biz esa bu borada O'zbekiston U22 jamoasi azosi, "Andijon" futbolchisi Doniyor Abdumannopovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Dastlab Turkiya yig'ini haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Avvalambor assalomu aleykum. Turkiya yig'ini alo darajada o'tdi. Tashkilotchilik, sharoitlar, maydonlar bari ko'ngildagidek bo'ldi, deya olaman. 

- O'rtoqlik uchrashuvlarida raqiblik qilgan Ukraina, Slovakiya, Qozog'iston jamoalarining bizning futbolchilardan qanday ustun jihatlarini ko'ra oldingiz?

- Ukraina va Slovakiya yaxshi saviyadagi jamoalar ekan. Mening fikrimcha ulardan kam o'ynamadik. Birinchi uchrashuvda Slovakiya bilan ozgina qiynaldik. Baribir ilk o'yin har doim oson bo'lmaydi. Slovakiyalik tengqurlarimiz bizga qaraganda tezroq o'ynashdi, havodagi to'plarda ustunlikka ega bo'lishdi. SHunday o'yinlar orqali xalqaro tajriba orttirib boramiz. 

- Bunga qadar jamoamiz asosan Toshkentda mahalliy klublarga qarshi nazorat bahslarida ishtirok etgan edi. Nima, deb o'ylaysiz bunday buyon kuchli jamoalar bilan bellashish kerakmikin? 

- Agar imkoni bo'lsa juda yaxshi bo'lardi. Bunday terma jamoalar bilan o'ynab o'zimizni ham Evropaga tayyorlab boramiz. Menimcha barcha futbolchilar ayniqsa bizning yoshdagilar Evropa jamoalarida o'ynashni orzu qilsa kerak, deb o'ylayman. 

- Keyingi yilgi Osiyo chempionati mezbonligi O'zbekistonga berilgani saralash bahslari oldidan qay darajada xotirjamlik beradi? CHunki istaymizmi yo'qmi futbolchilar ruhiyatida bu borada o'zgarish bo'ladi...

- Osiyo chempionatining bizga berilgani hozirdan qattiq tayyorgarlik ko'rishimizni anglatadi. Bu futbolchilarga katta ishtiyoq beradi. O'z maydonimizda, muxlislarimiz, yaqinlarimiz qarshisida to'p tepish masuliyati yuqori bo'lishini tushunib turibmiz. Albatta, bosim ham bo'lishini inkor qilmayman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика