Kuchli shamoldan so'ng “Buxoro” stadioniga zarar etdimi? Stadion direktori javob berdi
29 apr 2020 12:32
Yangiliklar


Kuchli shamoldan so'ng “Buxoro” stadioniga zarar etdimi? Stadion direktori javob berdi
Xabaringiz bor kuni-kecha Respublikamizning ko'plab viloyatlarida kuchli shamol va bo'ron ko'tarilgani bois talafotlar va halokatlar yuz berdi.
Eshitshimizga qaraganda “Buxoro” jamoasining uy uchrashuvlarni qabul qiladigan bosh stadioni atrofida ham bir qator shunga o'xshash holatlar kuzatilgan. Barchasiga aniqlik kiritish maqsadida stadion bosh direktori Alibek Sodiqov bilan bog'landik.
“SHukurki, u qadar jiddiy talafotlar bo'lmadi. Faqat, stadionimiz yaqinidagi bir nechta daraxtlar qulab tushgan. Umumiy bino va maydonga ortiqcha shikast etmagan. Hozirda holat ijobiy.
Maydonimizda qurilish ishlari koronavirus sabab to'xtab qolgandi. Karantindan yakunlanganidan keyin taxminan 15-20 kunlarda stadion tayyor bo'ladi va uchrashuvlarni qabul qilishga shay holatga keltiriladi”,- deydi stadion bosh direktori.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar