So’nggi yangiliklar

19:15Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" - "ФарДУ"  1 19:02Ўзбекистон кубоги. "Шўртан"дан йирик ғалаба, "Навбаҳор" Тошкентда, "Машъал" Иштихонда зафар қучди  3 18:05Акобирхўжа Шукуруллаев ишлаган ўйинда меҳмон жамоага техник мағлубият ёзилди. Нимага?  0 17:57Сериал давом этади. Анчелотти Бразилия терма жамоаси билан музокараларни давом эттирмоқда  3 17:00Марказий Осиё. "Аркадағ" ва "Истиқлол" пешқадамликни бой берди, "Абдиш-Ата" кучли учликдан узоқлашди  0 16:52Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Тошкент вилояти футбол академияси U-16 жамоасини мағлуб этди  1 16:42"Ал Ҳилол" Анчелоттига йилига 50 млн евро таклиф қилмоқда  3 16:29Лутфулла Тўраев, Садриддин Абдуллаев, Камолиддин Тожиев — U-19 чемпионатида бу йил яна кимлар мураббийлик қилмоқда? (1-қисм)  0 15:46"Футбол олами". Меҳмонлар умуман гол ура олмаган 7-тур ҳақида батафсил  0 15:09Анчелоттидан "Реал" ҳам, Бразилия федерацияси ҳам норози   4 14:10Хави ёки тен Хаг Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 14:01Азизбек Ғаниев: "БАА Ўзбекистон билан ўйинга кичкина стадионни танлаганидан хайрон қолдим"  13 13:44Етакчи лигаларни бирлаштирган Жером Перлемутер июнда Тошкентга келади  3 13:34Ҳакам "Пахтакор" дарвозабонини майдондан четлатиб, тўғри қарор қилдими? Суперлиганинг 7-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 13:13Кунде уч марта кеч қолиб, захирада қолиб кетгани учун "Барселона" ходимларидан ёрдам сўради  8

"Kuchli beshlik": Qaysi jamoalar elita bilan xayrlashadi? Yangiliklar

"Kuchli beshlik": Qaysi jamoalar elita bilan xayrlashadi?

Evropaning kuchli beshlik milliy chempionatlarida hal qiluvchi palla boshlangan.

Ayni paytda Angliya, Germaniya, Italiya, Franciya va Ispaniya chempionatlarida qaysi jamoalar quyi ligaga tushib ketgan yoki tushib ketish xavfida ekanligiga nazar solamiz.

Angliya premer ligasida allaqachon ikkita klub - "Xaddersfild" va "Fulxem" quyi divizionga tushib ketgani oydinlashgandi. Tushib ketishga uchinchi davogar bo'lib turgan "Kardiff" hisobida 31 ochko mavjud. Qolgan uchta turda jamoa holatini yaxshilay olmasa, unda kelasi mavsumni premer ligada emas, balki chempionshipda o'tkazishiga to'g'ri keladi. Ayni paytda "Kardiff" premer ligada qolish uchun "Brayton" va "Sautgempton" bilan kurashmoqda.

ANGLIYA PREMER LIGASI TURNIR JADVALI


Italiya A Seriyasida "Kevo" muddatidan avval elitadagi o'rnini yo'qotgan. Jamoa 33-turdan keyin 14 ochko bilan eng oxirgi pog'onani band etib turibdi. Undan keyingi o'rinlardagi "Frozinone" va "Empoli" esa A Seriyadagi o'rnini saqlab qolish uchun kurashmoqda. SHuningdek, xavfli hudud atrofida bo'lgan "Udineze", "Bolonya" va "Jenoa" ham nazariy jihatdan quyi ligaga tushib ketishi mumkin.

A SERIYA TURNIR JADVALI


Franciya 1 Divizionida hozircha hech bir jamoa rasman quyi divizionga tushib ketgani yo'q. Xavfli hududning eng pastki o'rnida 24 ochko to'plagan "Gengam" mustahkam turibdi. "Kan" esa 26 ochko to'plagan holda 19 o'rinni band etib turibdi. "Dijon" esa 28 ochko bilan o'tish o'yinini o'tkazishga huquq beradigan pley-off hududidan joy olgan. SHuningdek, "Amen" va "Monako"da ham nazariy jihatdan tushib ketish xavfi mavjud.

FRANCIYA 1 DIVIZIONI


Ispaniya primerosida Angliya va Italiya A Seriyasida bo'lgani kabi uchta jamoa to'g'ridan-to'g'ri quyi ligaga tushib ketadi. Ayni paytda eng oxirgi o'rindagi "Rayo Valekano" va "Ueska" xavfli zonada. Uchinchi yo'llanmaga ega asosiy davogar "Jirona" hisoblanadi. "Jirona" La Ligada qolish uchun "Valyadolid", "Selta" va "Levante" bilan o'zaro bellashmoqda.

LA LIGA TURNIR JADVALI


Germaniya Bundesligasidan ikkita jamoa to'g'ridan-to'g'ri tushib ketsa, qolgan yana bir klub pley-offda Ikkinchi Bundesligadagi uchinchi o'rin sohibi bilan pley-offda o'tish o'yini o'tkazadi. Ayni paytda "Gannover", "Nyurnberg" va "SHtutgart" xavfli zonadan o'rin olishgan. Jamoalar o'rtasidagi ochkolar farqi ham katta. Biroq hozirda hech bir jamoa rasman elitani tark etgani yo'q. Mazkur turda agarda "Gannover" g'alaba qozona olmasa, unda jamoa rasman Bundesligani tark etadi. SHuningdek, "Nyurnberg"da ham shunday holat. "Gannover" va "Nyurnberg" faqatgina o'tish o'yiniga yo'llanma beruvchi 16-o'rin uchun kurashni davom ettirishi mumkin. "SHtutgart" esa pley-off zonasidan teparoqqa sakrash uchun nazariy taraflama o'z imkoniyatlarini saqlab turibdi.

BUNDESLIGA TURNIR JADVALI

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика