So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  2 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  9 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  11 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  9 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  18 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  340

"Nasaf" to'xtamayapti, jamoa oldiga jiddiy vazifalar qo'yiladigan payt keldimi?! Kuchaygan "Nasaf" haqida Yangiliklar

"Nasaf" to'xtamayapti, jamoa oldiga jiddiy vazifalar qo'yiladigan payt keldimi?! Kuchaygan "Nasaf" haqida

Barcha sport tadbirlari, shu jumladan Superliga-2020 bellashuvlari ham vaqtincha to'xtatilganidan xabaringiz bor.

16 mart kuni 3-tur sharhini etiboringizga havola etgan edik.

Foto Superliga. "Paxtakor" va "Nasaf" yaqqol peshqadam, Qosimov vs Abramov to'qnashuvi, "Buxoro"da ahvol chatoq. 3-tur sharhi


O'shanda "Nasaf" haqida alohida maqola yozish haqida yozib o'tgan edim.

Avvalo, mavsum oldidan "Nasaf"ga kelgan va ketgan o'yinchilarni keltirib o'taman.

"Nasaf"ga kelganlar:
Umar Eshmurodov ("Paxtakor"dan ijara)
Dilshod Rahmatullaev ("Andijon"dan)
Marko Stanoevich ("Irtish", Qozog'iston)
Xaris Dilaver ("CHelik Zenica", Bosniya)
Javohir Esonqulov ("Lokomotiv"dan)
Faysal Traore

"Nasaf"dan ketganlar:
Umar Eshmurodov ("Paxtakor")
Azizbek G'aniev ("SHabab Al Ahli", BAA)
Xurshidbek Muxtorov ("Navbahor")
Islom Rashidxonov ("Navbahor")
Faysal Traore ("Dinamo", ijara)
Doniyor Narzullaev ("Metallurg")
Humoyun Murtazoev ("Bunyodkor")
Sardor Abduraimov ("Bunyodkor")

Markaziy himoyachi Umar Eshmurodov "Paxtakor"ga o'tdi va keyinroq ijara asosida yana Qarshiga qaytdi. Faysal Traore esa Pro-ligaga tushib ketgan "Dinamo"ga ijaraga berildi. Humoyun Murtazoev hamda Sardor Abduraimovlar "Nasaf"da ijarada o'ynashgan, ushbu o'yinchilarning transfer huquqi "Mashal"ga tegishli. "Bunyodkor" ham ularni ijaraga olgan.


Ro'ziqul Berdiev yanvar oyi boshlarida saytimiz xodimiga intervyu bergandi. O'shanda mutaxassis jamoani tark etgan futbolchilardan Umar Eshmurodov va Humoyun Murtazoevlar katta yo'qotish bo'lganini takidlagandi. U paytda Umar hali "Paxtakor"da edi, Azizjon G'aniev esa jamoani tark etmagandi. G'anievning "SHabab Al Ahli"ga o'tgani rasman 3 fevral sanasida elon qilindi. Demak, murabbiy uchun katta yo'qotish uchta. Ulardan biri tarkibga qaytdi - Eshmurodov. G'aniev o'rniga esa serbiyalik tajribali futbolchi Marko Stanoevich jalb qilindi. H.Murtazoevning o'rni bosniyalik hujumchi Xaris Dilaver bilan to'ldirildi. "Navbahor"ga o'tib ketgan Xurshid Muxtorov jiddiy yo'qotish bo'lmadi, chap qanot himoyada SHerzod Nasrullaev tuppa-tuzuk o'ynamoqda. SHerzod o'tgan mavsumdayoq asosiy tarkibda tushishni boshlab yuborgandi. Markaz o'yinchilari hisoblangan Sardor Abduraimov hamda Islom Rashidxonovlarning o'rniga yana bir tajribali futbolchi Dilshod Rahmatullaev olib kelindi.

Tanishing, “Nasaf” – 2020!


"Nasaf" ustozi Ro'ziqul berdiev dastlabki 3 turda qanday taktik sxema va tarkibdan foydalanganini ko'rib chiqamiz

Superliga, 1-tur
"Qizilqum" – "Nasaf" 1:3

1 mart 2020 yil
Navoiy. "Yoshlar" stadioni.
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Timur Galeev, Doniyor Saylavov, Rustam CHoriev
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: SHerzod Rajabov

Gollar: Makkartni Navaseb 22 - SHarof Muhitdinov 25, Bobir Abdixoliqov 41, Bobir Abdixoliqov (pas Husniddin Aliqulov) 47

Navoiyda o'tgan birinchi tur bahsida Berdiev 4-2-3-1 taktik sxemasidan foydalandi. O'yinchilarning maydondagi joylashuvi esa yuqoridagi suratda ko'rsatilgan. SHu kuni xujjatlar bilan bog'liq muammo sabab murabbiy serbiyalik yarim himoyachi Marko Stanoevich xizmatidan foydalana olmadi. Uning o'rnida Akmal Mozgovoy harakat qildi. O'ng qanot vinger rolini Islom Kenjaboev, chap qanot vingeri rolini esa Oybek Bozorov bajardi. SHarof Muhitdinov hujumchi ortida to'p tepgan bo'lsa, Bobir Abdixoliqov markaziy hujumda o'z ishini qoyillatdi.

Uchrashuvda hisob 22-daqiqada ochildi. U-23 Osiyo chempionatida o'zidan juda yaxshi taassurot qoldirgan markaziy himoyachi Husniddin Aliqulov texnik tomonlama qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va to'pni "Qizilqum" hujumchisi Makkartni Navasebga oldirib qo'ydi. Namibiyalik forvard esa imkoniyatdan unumli foydalandi. Aliqulov va "Nasaf" uchun omadsiz start. Ammo, "ajdarlar" iroda namoyish eta olishdi. Raqib goliga tezda javob qaytarilgani ham bunga sabab bo'ldi, menimcha. Navasebning golidan uch daqiqa o'tib SHarof Muhitdinov jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda ijro etdi va turning eng chiroyli gollaridan birini kiritdi. Keyin esa qarshiliklar xotirjam o'z o'yinlarini ko'rsatishdi va g'alabani ilib ketishdi. 41-daqiqada burchak zarbasidan keyin H.Aliqulov bosh bilan zarba berdi, darvoza to'siniga tegib qaytgan to'pni esa B.Abdixoliqov bosh bilan Ruslan Matniyozov darvozasiga joylab qo'ydi. Ikkinchi bo'lim avvalida Aliqulov to'pni oldinga havolatib tepib yubordi, havodagi to'pni qaytarishda dastlab Oleg Tolmasov, keyin esa Abdi Bashimov xatoga yo'l qo'ydi. Bobir birgina zarba bilan to'pni kiperning ustidan oshirib darvozaga joylab qo'ydi. "Pele"ning o'sha vaziyatdagi sovuqqonligi va ishonch bilan qilgan harakatlari tahsinga sazovor.


Bu o'yin scenariy nuqtai-nazaridan menga 2014 yilning 9 aprelida ECHL chorak finali doirasida o'tkazilgan "Bavariya" - "Manchester Yunayted" bahsini eslatib yubordi. O'shanda 57-daqiqada Evra o'zining "pushka" zarbasi bilan hisobni ochgan va o'sha paytda tarkib, o'yin jihatidan raqibdan biroz kuchsizroq bo'lib qolgan MYUga katta umid bergandi. Ser Aleks Fergyuson ketgandan keyingi ilk mavsumini o'tkazayotgan "qizil iblislar" o'sha vaqtda haqiqatdan ham nemis klubidan kuchsizroq edilar. Ammo, Mario Manjukichning tezda kiritgan javob goli Moyes shogirdlarini "sindirgan", mezbonlarni esa aksincha ruxlantirib yuborgandi. Keyinroq Myuller va Robben ingliz grandini musobaqadan chiqarib yuboruvchi gollarni kiritishgandi. O'shanda ham "Bavariya" o'tkazib yuborilgan golga tezda reakciya qila olmaganda balki g'alabani ilib ketolmasmidi... Bu ikki to'qnashuvdagi o'xshashlik ham shunda: maydondagi nisbatan kuchliroq bo'lgan jamoa birinchi bo'lib o'tkazib yuborilgan golga tezda javob qaytara oldi va qolgan daqiqalarda g'alabani ham o'ziniki qildi.


Superliga, 2-tur
"Nasaf" - "Andijon" 2:1

8 mart 2020 yil
Qarshi. "Markaziy" stadioni. 8473 tomoshabin.
Hakamlar: Elyor Tursunov, Jalgasbay Sarsenov, Bektursin Kannazarov, To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: SHohrux Said.

Gollar: Bobir Abdixoliqov (SHarof Muhitdinov) 72, SHarof Muhitdinov (SHerzod Nasrullaev) 84 - Siroj Meliev 10.

"Nasaf" ustozi "Andijon"ga qarshi 2-tur uchrashuvini ham 4-2-3-1 sxemada boshladi. Faqat tarkib va futbolchilarning joylashuvida o'zgarishlar ro'y berdi. Oldingi o'yinda qo'pol xato qilib gol o'tkazib yuborilishiga sabab bo'lgan yosh markaziy himoyachi Husniddin Aliqulov o'rnini Umar Eshmurodov egalladi. Markazda Rahmatullaevga tandem sifatida M.Stanoevich tushdi. Oldindagi futbolchilar o'zgarishsiz qoldi, ammo ularning joylashuvi o'zgardi. Oybek Bozorov hujum ortiga o'tkazildi. SHarof o'ng qanotda, Islom esa chap qanotda harakat qildi. Bobir odatdagidek hujumda.

Xuddi Navoiyda bo'lgani kabi Qarshida kechgan 2-tur uchrashuvi ham qo'pol xato va o'tkazib yuborilgan gol bilan boshlandi. Bu safar yosh darvozabon Mashhurjon Muhammadjonov to'pni jamoadoshi Eshmurodovdan qabul qilib olganidan keyin Artyom Litvyakov va Siroj Melievlar bosimi ostida qoldi va to'pni oldirib qo'ydi. Meliev deyarli bo'sh qolgan darvozani osongina ishg'ol qildi. SHundan keyin mezbonlar javob to'pini kiritish uchun ko'p harakat qilishdi, ammo bundan samara chiqarish uchun bir soatdan ko'proq vaqt sarflashdi. 72-daqiqaga kelib SH.Muhitdinovning ajoyib pasidan keyin B.Abdixoliqov uchrashuvda muvozanatni tikladi. Goldan ruxlangan "Nasaf" futbolchilari oldinga o'tishda davom etishdi. Bir vaziyatda Muhitdinovning zarbasiga aniqlik etishmadi. 84-daqiqada Nasrullaev raqib jarima maydonchasidagi B.Abdixoliqovga pas berdi, Bobir esa himoyachilarni chalg'itib to'pni o'tkazib yubordi. Juda kuchli zarbaga ega bo'lgan SHarofning oyog'iga kelib tushgan to'p yakunda darvoza to'ridan joy oldi. SHu tariqa, "Nasaf" ikkinchi uchrashuvda ham iroda ko'rsatib g'alaba qozondi. Kamiga har ikki bahsda ham "ajdarlar"dan hech bir o'yinchi sariq yoki qizil kartochka olishmadi.

Ro'ziqul Berdiev: "Bekorga bizga har yili feyr-pley sovrinini berishmaydi..."

Superliga, 3-tur
"Surxon" – "Nasaf" 1:2

13 mart 2020 yil
Termiz. "Surxon" stadioni
Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Andrey Tambovcev
Komissar: SHerzod Rajabov

Gollar: Aleksandr Kasyan (pas SHerzod Karimov) 54 - Marko Stanoevich 7, Oybek Bozorov (pas Marko Stanoevich) 61.
Amalga oshirilmagan penalti: SHarof Muhitdinov 89 (noaniq)

Termizda "Surxon"ga qarshi o'tkazilgan 3-tur uchrashuvida "Nasaf" taktikasi umuman o'zgarib ketdi. R.Berdiev 4-2-3-1 sxemasidan 3-4-2-1 sxemasiga o'tdi. Bunda G'aybullaev, Eshmurodov hamda Aliqulov markaziy himoyada harakatlanishdi. O'ng qanot loteral Dilshod Saitov, chap qanot loteral esa SHarof Muhitdinov bo'ldi. Odatda, chap himoyada Nasrullaev tushardi. Lekin, bu safar taktikadan kelib chiqib murabbiy SHarofni o'sha joyga qo'yishni maqul ko'rdi. Sababi, loteral rolida harakatlanayotgan himoyachi aktiv ravishda hujumlarda ishtirok etishi kerak va unda paslar va "naveslar" sifatli bo'lishi talab etiladi. Bu borada Muhitdinov Nasrullaevdan ustunroq. Markaziy yarim himoyada Rahmatullaev - Stanoevich tandemi qoldirildi. Bozorov va Kenjaboev chap va o'ng qanot hujumchisi sifatida to'p tepishdi. Markaziy hujumda esa Abdixoliqov o'rniga Xaris Dilaver maydonga tushirildi. Qiyin o'yinda jiddiy o'zgarish va natija qo'lga kiritildi. Berdiev bu safar ham 10lik chegarani nishonga ola bildi. Yana bir qiziq jihat, oldingi ikki turda birorta ogohlantirish olmagan qarshiliklar Termizda birdaniga 4ta sariq kartochka bilan "siylanishdi".

Berdievning Termizda raqib o'yin uslubidan kelib chiqib 3 nafar markaziy himoyachi bilan o'yinni boshladi, menimcha. "Surxon" ko'proq uzun paslardan foydalanadi va standart vaziyatlarga alohida tayyorlanadi. Har iiki jihatni zararsizlantirishda 3 himoyachi qo'l keladi. Uzun paslar o'tib ketmasligi uchun himoyada doimiy ravishda 3 nafar baland bo'yli o'yinchilarning bo'lishi muhim. Standartlarda ham Bubanya, Kasyan va D.Stanoevich kabi baland bo'yli va bosh bilan juda yaxshi o'ynay oladigan raqibga qarshi 3 markaziy himoyachi ko'proq qo'l keladi. CHunki, "Nasaf"ning oldingi chiqig'ida o'ynaydiganlar bo'ydor emas va ular raqib standartlarida ko'p ham foyda bera olishmaydi. Oldingi ikki turda hujum orti va vinger vazifalarini bajargan SH.Muhitdinov bu safar chap qanotda loteral rolini bajardi. Hozirda SHarof Berdiev uchun "oltin baliq" bo'lsa ajab emas. U yuqoridagi 3 poziciyadan tashqari markaziy yarim himoya va chap qanot himoyada ham o'ynay oladi. Aslida SHarof markaziy yarim himoyachi.


Uchrashuvda muxlislar tezkor gol ko'rishdi. 7-daqiqada uzoq masofadan belgilangan jarima zarbasini Marko Stanoevich ijro etdi. To'p yo'l-yo'lakay "Surxon" futbolchilaridan biriga tegib kichik rikoshet bilan darvozadan joy oldi. 54-daqiqada SHerzod Karimov burchak zarbasini amalga oshirganidan keyin Aleksandr Kasyan "Nasaf" jarima maydonchasida yuzaga kelgan pala-partishlikdan foydalanib muvozanatni tikladi - 1:1. "Nasaf" bu safar ham o'tkazib yuborilgan golga tez javob qaytara oldi. Kasyan hisobni tenglashtirganidan 7 daqiqa o'tib Marko juda chiroyli pas bilan Bozorovni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Oybek esa raqib posbonini aldab o'tib bo'sh darvozani ishg'ol qildi. SHundan so'ng har ikki jamoa ham bir necha bor vaziyatlar yaratishdi, ammo gol urish hech kimga nasib qilmadi. 77-daqiqada mezbonlar sardori SHavkat Salomov qizil kartochka olgan bo'lsa, 89-daqiqada SHarof Muhitdinov penaltidan unumli foydalana olmadi. SHu tariqa, "Nasaf" 3 turda uchta g'alabani qo'lga kiritdi va "Paxtakor" bilan birga qo'shhokimlikni qo'lga oldi.


Dastlabki 3 turda "Nasaf" safida samarali harakatlarni amalga oshirgan o'yinchilar:

Gollar:

Bobir Abdixoliqov 3ta
SHarof Muhitdinov 2ta
Marko Stanoevich 1ta
Oybek Bozorov 1ta

Golli paslar:
Husniddin Aliqulov
SHarof Muhitdinov
SHerzod Nasrullaev
Marko Stanoevich (hammasi bittadan)


"Nasaf" kuchaydi


Ha, aynan shunday. Bazida "ajdarlar" bu yil kuchsizlanishgani haqida eshitayapmiz va o'qiyapmiz. Lekin, hozirgi tarkib va 3 turdagi o'yinga nazar soladigan bo'lsak Ro'ziqul Berdiev jamoasi bu mavsum kuchaygani ko'rinib turibdi. Umid Ergashev va Abduvohid Nematovlar jarohat olgan bir paytda yana bir kiper Mashhurjon Muhammadjonov chiqib keldi. To'g'ri, u "Qizilqum"ga qarshi o'yinda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Ammo, bu texnik xato. Muhimi, posbon o'sha xatosidan etarli xulosa chiqara olishi. O'ng va chap qanot himoyasida Dilshod Saitov va SHerzod Nasrullaevlar bor. Har ikkisi ham allaqachon Superliga havosida nafas olib ulgurishgan.

Markaziy himoyada Umar Eshmurodov, G'olib G'aybullaev va Husniddin Aliqulov bor. Demak, himoya chizig'ida hammasi joyida. Mavsum oldidan jamoani uch nafar markaziy yarim himoyachi tark etdi: I.Rashidxonov, Azizjon G'aniev va Sardor Abduraimov. Ularning o'rniga esa ikki nafar tajribali futbolchilar olib kelindi: Marko Stanoevich hamda Dilshod Rahmatullaev. Berdiev har uchchala o'yinda ham markazda iiki futbolchi xizmatidan foydalayotganini inobatga oladigan bo'lsak ketganlar o'rni son jihatidan qoplanmagani bilinmaydi, nazarimda. Boz ustiga, Akmal Mozgovoy ham asta-sekin tarkibga kirib bormoqda.

Hujumkor o'yinchilar borasida esa "Nasaf"ga Superliganing uncha-muncha klubi havas qilsa arziydi: SHarof Muhitdinov, Oybek Bozorov, Islom Kenjaboev, Bobir Abdixoliqov, Xaris Dilaver. Oldingi yillarda yosh deb taladigan "Nasaf" futbolchilari hozirga kelib katta futbolda anchagina o'yin o'tkazib qo'yishdi va endi ular tayyor o'yinchilardir. Qo'shimchasiga tarkibga tajribali o'yinchilar jalb qilindi: D.Rahmatullaev, M.Stanoevich va X.Dilaver. Bularning barchasi tarkibdagi boshqa yigitlarga yordam berishi tayin. Ayniqsa, Marko Stanoevich transferi menimcha "bingo" bo'ldi. Uning maydondagi harakatlaridan ko'rinib turibdi-ki, serb yaxshi futbolchi va uning jamoaga, jamoadagi o'zidan yoshi kichik futbolchilarga juda ko'p yordami tegadi. "Nasaf"ning hujumkor o'yinchilarini Superliganing istalgan klubi jon deb o'z tarkibiga jalb qilgan bo'lardi. SHarof, Islom, Oybek va Bobir Superligani "portlatishga" tayyor turishgandek. Ular orasidan Muhitdinov va Bozorov hujumlarni yaratishda ajralib turishibdi. Bu qatorga Markoni ham qo'shish mumkin. Muhimi, o'ylangan pozicion kombinaciyalar, jarima maydonchasi tashqarisidan zarbalar, standartlardan samarali foydalanish bor.

Bobir Abdixoliqov: “Bu mavsum to'purar bo'lishni maqsad qilganman”

Hozirgi tarkib va o'yin bilan "Nasaf" bemalol katta o'yinlarda ishtirok etishi va o'z oldiga aniq vazifa qo'yishi mumkin. Agar jamoa oldiga aniq vazifa qo'yilmasa bu o'yinchilarga ham salbiy tasir o'tkazishi mumkin. CHunki, vazifa qo'yilsa har bir o'yinga jangga chiqqandek yondoshiladi. CHunki, futbolchilarni oldida aniq maqsad va nishon bo'ladi. Maqsadsiz va vazifasiz jamoadan esa katta o'sishni kutish qiyin. Balki, oldingi chiziqda rotaciyalar qilib turish uchun davralar oralig'ida yana o'yinchilar olib kelinar. Buni bosh murabbiyning o'zi ham takidlagan.


Yana bir qiziq jihat shunda-ki, "Nasaf" ayni paytda Superliga, U-21 va U-18 chempionatlarida umuman yo'qotishlarsiz ketayotgan yagona jamoa. "Paxtakor"ning asosiy tarkibi ham 100 foizlik natija qayd etgan, ammo "sherlar"ning har ikki kichik yoshdagi jamoalarida bittadan durang bor. "Nasaf"da yaxshi akademiya bor va bu yaqin yillardan meva bera boshlagan. SHu sabab, mana jamoaning yoshlar jamoalari ham peshqadam bo'lib turishibdi. Hozirgi poydevor, infrastruktura, tarkib va murabbiy bilan jiddiy vazifa qo'yiladigan payt kelgan, nazarimda.


Oxirgi yillardagiga nisbatan kuchaygan "Nasaf"dan xuddi shunday kuchaygan natijalar kutib qolamiz. Zero, "Nasaf" yuqori o'rinlarga va xalqaro maydondagi ishtirokka munosib jamoa.


O'zbekiston chempionati turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati >>>>> SUPERLIGA

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика