So’nggi yangiliklar

07:55Sofascore. "Насаф"нинг кечаги учрашувдаги энг яхши ўйинчиси ким бўлди?  1 07:27Рўзиқул Бердиев кечаги учрашувдаги ғалабадан сўнг нималар деди?  5 03:05"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув  143 02:22Элит ОЧЛ. Саудияда голлар шоуси, Нуньеснинг бенефиси ва Ироқда супер камбэк  1 01:46Англия Кубоги. 1/8 финал жуфтликлари маълум бўлди  1 01:25"Мақсадимиз — қасос эмас, Чемпионлар Лигасида ғалаба қозониш!" — Арбелоа "Бенфика" билан ўйин олдидан  0 00:41Моуринью: "Эҳтимол, мен "Реал"дан истеъфога чиқарилмаган саноқли мураббийлардан биридирман"  2 00:22Расман: Азиз Турғунбоев — «Андижон» футболчиси  9 23:54Расман: "Навбаҳор" икки легионер билан шартнома имзолади  4 23:40"Ўзлари симуляция қилиб, энди ахлоқдан дарс беришяпти!" — Милан мэри Кьеллини ва Дель Пьерони "ерга туширди"  3 23:00Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади  97 22:37Шармандалик: Туркияда мухлислар ҳакамнинг бошига велосипед билан зарба беришди!  7 22:33Расман: Жасур Ҳакимов — "Металлург" футболчиси!  0 22:12Назорат баҳси. "Сўғдиёна" - "Динамо" Батуми 2:0  0 21:43"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди  48

Kubok oldidan Islom Ahmedov qanday fikrda? Yangiliklar

Kubok oldidan Islom Ahmedov qanday fikrda?

Xabaringiz bo'lsa kerak, bugun O'zbekiston Kubogining yarim finalining javob o'yinlari bo'lib o'tadi.
"Paxtakor" - "Lokomotiv" va "Nasaf" - "Bunyodkor" bahslari oldidan har kim turli xil fikrlarni ilgari surmoqda.

Aslida finalga chiqish uchun kimda qanday imkoniyat bor? Bo'lajak o'yinlar oldidan taniqli mutaxassislarni bezovta qildik. Navbatdagi suhbatdoshimiz OFK instruktori Islom Ahmedovdir.  

"Nasaf" - "Bunyodkor"
Bunyodkorda o'zgarishlar katta. To'g'ri, futblolchilar o'sha-o'sha, lekin bosh murabbiy o'zgargach, o'yin uslubdagi ham yangiliklar kuzatilmoqda. Sergey Lushan zamonaviy murabbiylar toifasiga kiradi. U Bunyodkorga yangicha mo'yin uslubni olib kirmoqchi bo'lmoqda. Bugungi o'yinga keladigan bo'lsak, mehmonlar nisbatan yoshroq tarkibga ega. "Nasaf" esa oxirgi ikki yildan buyon asosan bir xil tarkib bilan o'ynab kelmoqda. Qolaversa ajdarlar bugun o'z muxlislari qarshisida o'ynaydi. Lekin amaldagi Kubok sohibi "Bunyodkor" ekanligini ham unutmaslik kerak. "Nasaf" esa aynan ushbu Kubok orqali keyingi yil xalqaro musobaqada ishtirok etish ilinjida. Xullasa finalga chiqish uchun har ikkala jamoada ham juda yaxshi imkoniyat bor. SHu bois bu borada 50x50 baholagan bo'lardim.

"Paxtakor" - "Lokomotiv"
Bu o'yin juda ham qiziqarli kechishi aniq. Har holda men shunday bo'lishini kutyapman. Bugun yarim final javob o'yini bo'lgani uchun ham ruhiy bosim katta bo'ladi. "Lokomotiv"ning imkoniyati yaxshiroq. CHunki uning tarkibi kuchli. Qolaversa birinchi o'yinni o'z foydasiga hal eta oldi. Bugun imkon qadar o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormaslikka etibor qaratadi. Vadim Abramov boshqaruvni o'z qo'liga olgach, temiryo'lchilar o'yinida ijobiy o'zgarishlar kuzatilmoqda. Yigitlar umuman boshqacha o'yin uslubda harakat qilmoqda. "Lokomotiv" bu yil o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygani sir emas. Ular bugun finalga yo'l olish uchun bor kuchini berib o'ynaydi. Men sizga yana bir narsani aytishim mumkinki, Vadim Abramov kuchli psixolog murabbiydir. U o'z shogirdlarini o'yinlarga qanday tayyorlashni juda yaxshi biladi. Uning eng katta yutug'i ham shunda bo'lsa kerak.

"Paxtakor"ga keladigan bo'lsak, bu jamoaning tarkibi nisbatan yosh. Bunday uchrashuvlarda yosh tarkib bilan o'ynash qiyin bo'ladi. Albatta mezbonlar ham bugun osonlikcha taslim bo'lishni istamaydi.

Qiziqarli o'yin bo'ladi. Mazkur bellashuvni stadionga borib kuzataman. Qolganini uchrashuvdan so'ng bilib olamiz.   


Islombek Rustambekov suhbatlashdi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика