So’nggi yangiliklar

00:50"Зенит" ўртоқлик ўйинида Иордания термасини мағлуб қилди  0 00:15Руди Гарсия Бельгия термасининг муҳим футболчиларини қайтармоқчи  0 23:50Слот "Лилль"га қарши ўйин ҳақида: "Отам доим ҳам мен томонда бўлмайди"  1 23:28Неймар собиқ жамоасига қайтишга яқин  4 23:07"Локомотив" Туркияда "Уфа"га қарши ўйнайди  0 22:51"Сўғдиёна" БААда "Ростов"га йирик ҳисобда ютқазди  6 22:16"Бетис" Антони маошининг катта қисмини тўлайди  1 21:54"Пахтакор" назорат ўйинида Сербия жамоасига мағлуб бўлди  9 21:39Футзал. Мавсумнинг энг яхшилари тақдирланди  0 21:24"Нефтчи" Туркиядаги бешинчи ўртоқлик ўйинида тўртинчи марта дуранг ўйнади  8 21:09Расман: Ойбек Бозоров шартномани узайтирди  3 20:53Аморим "Манчестер Юнайтед"дан хафа бўлди  7 20:29"Бавария" ҳимоячиси сафдан чиқди  0 19:58Футзал бўйича Олий лига. БМБ "Насаф"га 7 та гол урди (+ якуний мусобақа жадвали, рамзий жамоа)  1 19:34Сульшер "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини "Бешиктош"да кўрмоқчи  0

Kubok o'yinida zaxira darvozabonisiz qolganlar Yangiliklar

Kubok o'yinida zaxira darvozabonisiz qolganlar

Malumki 18-20 aprel kunlari mamlakatimizda O'zbekiston Kubogining 1\16 final bosqich o'yinlari bo'lib o'tdi.
Unda muxlislar bir qator qiziqarli uchrashuvlarga guvoh bo'ldi. Birinchi liganing bir nechta jamoalari Kubok bahslarida sensaciya ko'rsatib oliy liga vakillarini musobaqadan chiqarib yuborgani muxlislarda Kubok uchrashuvlariga bo'lgan qiziqishni biroz ortishiga sabab bo'ldi.

Ortda qolgan o'yinlarda qiziq va shu bilan birga etiborga molik voqealar ham uchradi. Jumladan ikkita jamoa uchrashuvlarni zaxira darvozabonisiz o'tkazdi. Gap aynan qaysi klublar haqida ketayotganini zukko o'quvchilarimiz allaqachon payqagan bo'lsa ajab emas. 18 aprel, juma kuni Toshkentga safar uyushtirgan Xorazm uchrashuvga atiga bitta davrozabon bilan tashrif buyurgani ko'pchilikni etiborini tortdi. Klub rahbarlari ikkinchi darvozabonga ortiqcha sarf-harajat qilishni istamadimi yoki boshqa sababmi, bunisi bizga qorong'u. Qiziq tomoni shuki, joriy mavsum elitaga chiqishni maqsad qilayotgan bu klubdan zaxira posbonini Kubok o'yiniga olib kelmaganidan keyin uning haqiqatdan ham oliy ligaga qaytishiga ishonsa bo'ladimi? Bilmadim, ochig'i! Aslida urganchliklar o'yinni poytaxtga ko'chirishga rozilik berib bu bilan ular Kubokdagi yurishini shu bosqichdayoq to'xtatmoqchi ekanligini bilib olish qiyin emasdi. Ustiga ustak ular "Paxtakor"ga qarshi o'yinga birgina darvozabon - G'ayrat O'daev bilan bordi. Ehtimol O'daev uchrashuv paytida jarohat olib maydonni tark etishga majbur bo'lib qolganida, urganchliklar darvozasini kim qo'riqlardi?

Oliy liga ishtirokchisi "Navbahor" ham "SHo'rtan"ga qarshi bahs oldidan kutilmaganda jiddiy yo'qotishlarga duch keldi. PFL uchrashuvdan bir kun oldin namanganliklarning 5 nafar futbolchisini G'uzordagi Kubok o'yinida maydonga tushishini taqiqlab qo'ygandi. O'sha asosiy tarkibning 5ta o'yinchisi ichida darvozabon Doniyor Usmonov ham bor edi. SHu sababli ham namanganliklar Kubok uchrashuviga birgina darvozabon Xurshid Xo'jaev bilan borishga majbur bo'ldi. Bu ikki posbondan tashqari yana bir mahalliy golkiper Islom Jo'raev ham bor edi. Ammo uni murabbiylar shtabi negadir safarga olib ketishmadi. "Lochinlar"ning zaxirasi shu kuni juda ham tor ko'rinishda edi. CHunki 5ta yo'qotishdan keyin o'z-o'zidan zaxiraga atiga 5 nafar o'yinchi kiritildi. Lekin shunga qaramay jamoa safardan g'alaba bilan qaytishga muvaffaq bo'ldi.

Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика