So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Насаф" – ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  10 19:55Диалло МЮ мухлисларига ваъда берди  0 19:33Анчелотти: "Футбол ҳаёти шундай – вақти келиб ҳар қандай авлод кетади"  0 19:11"Насаф" мухлисларга 3 та соврин билан суратга тушиш имконини яратди  1 18:57Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 0:1 (матнли трансляция)  24 18:35Ўзбекистон Кубоги. 1/8 финал босқичига қуръа ташланди: "Қўқон-1912" ўз уйида "Бунёдкор"ни қабул қилади, "Навбаҳор" меҳмонда "Хоразм" билан ўйнайди  8 18:21"Реал" президенти: "Карло Анчелотти энди буюк Мадрид оиласининг абадий аъзосига айланди"  4 17:52Суперлига. 11-тур дисквалификациялари: "Насаф", "Нефтчи" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  4 17:33УЕФА Европа Лигаси финалидан сўнг "Тоттенхэм"га медаллар етмай қолгани учун узр сўради  11 17:04Томас Тухель Андорра ва Сенегалга қарши ўйинлар учун Англия терма жамоасига чақирилган 26 нафар футболчи номини айтди. Улар орасида Тоуни ҳам бор  5 16:37Роналду Модричга мурожаат қилди: "Реал"да кўп лаҳзаларни сен билан баҳам кўриш мен учун шараф бўлган"  7 16:16Ўзбекистон кубоги. Бугун 1/8 финалга қуръа ташланади  1 16:05Перес: "Модрич "Реал" мухлислари қалбида мангу сақланиб қолади"  4 15:42Қаршида қолган қасам: Қосимовнинг "Насаф"га қарши қора статистикаси  8 15:39Халқаро тақвим. Июнда бизни нималар кутмоқда?  2

Kubok finali qachon va qaerda bo'ladi? Yangiliklar

Kubok finali qachon va qaerda bo'ladi?

Teglar :  O'zbekiston kubogi
Bu haqdagi xabar bir muddat PFL saytining rus tilidagi bo'limida chiqib keyin yo'q bo'ldi.

Haqiqatdan ham PFL "Nasaf" va "Bunyodkor" jamoalariga yuborgan faksida O'zbekiston Kubogining finali 13 oktyabr kuni Jizzaxda bo'lib o'tishi haqida qayd etilgan.

Malum bo'lishicha, agar ikki klub rozi bo'lgan taqdirdagina final shu sanada o'tkazilinadi. Ammo bu yaxshi o'ylanmagan fikr.

13 oktyabr FIFA kuni bo'lib, 8 oktyabr kuni Manamada, Bahrayn terma jamoasiga qarshi bahs olib boradigan terma jamoamiz qaytishda BAAda o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etishni maqsad qilgan. Bu paytda "Nasaf"ning bosh posboni Eldor Suyunov terma jamoa ixtiyorida bo'ladi. Samvel Babayan tavakkalchilikka qo'l ura olmaydi. Milliy terma jamoaning ikki nafar posboni biron bir sabab bilan safdan chiqsa. Suyunovga ehtiyoj sezadi. Qolaversa Artur Gevorkyan ham Turkmaniston  terma jamoasi safida bo'ladi. Yana bir holat, agar shu kun tasdiqlansa-yu, terma jamoaning o'yiniga oz qolganda biron bir himoyachi safdan chiqsa, Muhammadiev, SHomurodov, Azamov kabi futbolchilar MTJdan chaqiruv olishlari mumkin bo'ladi.

Yana bir muammo, muxlislar finalni ko'rishadimi yoki MTJ ishtirokidagi o'rtoqlik uchrashuvini. PFL va O'FFning aksar vakillari kubok finali bilan shug'ullanadilarmi yoki MTJ bilan?

Guvohi bo'lganingizdek, bu sana final o'yini uchun mos emas. Qolaversa Qatarda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida, 8 va 13 oktyabr kunlari O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ham biro bir horij terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishni maqsad qilgan.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика