Kubok finali. “Bunyodkor” 150, “Lokomotiv” esa 1300ta chiptaga buyurtma berdi
11 noy 2014 13:19
Yangiliklar

Kubok finali. “Bunyodkor” 150, “Lokomotiv” esa 1300ta chiptaga buyurtma berdi
Ertaga Olmaliq shahrida O'zbekiston Kubogining hal qiluvchi final bahsi bo'lib o'tadi.
Soat 17:00da boshlanadigan bellashuvda Toshkentning ikki jamoasi - “Lokomotiv” va “Bunyodkor” g'oliblik uchun o'zaro bahs olib borishadi. O'yinga kirish uchun chiptalar sotuvi allaqachon Olmaliqda yo'lga qo'yilgan. CHiptalar narxi joyiga qarab 7 ming va 5 ming so'mdan sotilyapti.
Bizga malum bo'lishicha, ertangi o'yin qatnashchilari “Bunyodkor” bilan “Lokomotiv” ham chipta olish uchun buyurtma bergan. “Bunyodkor” 100ta besh ming so'mlik, 50ta etti ming so'mlik chiptaga buyurtma bergan bo'lsa, “Lokomotiv” 1300ta etti ming so'mlik chiptaga buyurtma berdi. Bundan ko'rinib turibdiki, ertangi uchrashuvda “Lokomotiv” tarafdorlari ko'proq bo'ladiganga o'xshayapti.

Fikrlar