Kubarsi "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda maydonga tusha oladimi?
10 noy 2024 18:50
Yangiliklar
Kubarsi "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda maydonga tusha oladimi?
"Barselona" himoyachisi Pau Kubarsi shanba kuni mashg'ulotlarga qaytdi.
Kataloniyaliklar bugun La Liga doirasida "Real Sosedad"ga qarshi o'ynaydi.
Hafta o'rtalarida Belgradda "Barselona"ning CHempionlar Ligasidagi g'alabali uchrashuvi vaqtida yuz bergan noxush to'qnashuvdan so'ng himoyachining yuziga chok tushgandi.
U shanba kuni mashg'ulot maydoniga qaytdi, ammo himoya niqobida. Kubarsi jarohatiga qaramay, "Sosedad"ga qarshi o'ynashni istamorqda. Oldinroq Kubarsi jarohati tufayli niqob taqqan holda maydonga tusha olmasligi haqida xabar berilgandi, ammo "Barselona" bunga echim topgan ko'rinadi.
Darhaqiqat, Xansi Flik o'yindan oldingi matbuot anjumanida Kubarsining maydonga tushishini rad etmadi:
"O'ylaymanki, Pau o'ynaydi, u intensiv mashg'ulot o'tkazdi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонида Ҳамробеков тўп тепаётган "Трактор"га ютқазди
МЛС. Мессининг супер ўйини "Интер Майами"ни ярим финалга олиб чиқди
Винисиус "Реал"дан йилига 30 млн. евро талаб қиляпти, аммо "Реал"...
Ла Лига. "Реал" "Эльче" билан ўйинда қоқилди, аммо биринчи ўринда қолди — "Барселона" билан орадаги фарқ 1 очко
Fikrlar