Kuarejma turk klubini tark etdi
29 iyu 2020 19:52
Yangiliklar


Kuarejma turk klubini tark etdi
Portugaliyalik Rikardu Kuarejma "Qosimposho" klubini tark etdi. Bu haqida turk klubi matbuot xizmati xabar qildi.
36 yoshli futbolchi "Qosimposho" tarkibiga o'tgan yilning yozida qo'shilgan edi. U 2019/20 yilgi mavsumda 27 o'yin o'tkazib, 4 ta golga mualliflik qildi. "Qosimposho" esa Turkiya Superligasi yakunida 10-o'rinni egalladi.
Eslatib o'tamiz, Kuarejma faoliyati davomida "Sporting", "Barselona", "Portu", "Inter", "CHelsi", "Al Axli" va "Beshiktosh" jamoalarida ham o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar