Kuadrado: "Yuventus"ning sardorlik bog'ichini taqish g'urur"

Alisher
22 noya 2020, 14:01
"Yuventus" futbolchisi Xuan Kuadrado sardorlik bog'ichi haqida gapirdi.

Kolumbiyalik futbolchi shanba kuni bo'lib o'tgan "Kalyari"ga qarshi o'yinda Jorjo Kellini va Leonardo Bonuchchilarning yo'qligi sabab jamoani sardor sifatida o'yinga boshlab tushdi.

"Klubdagi ko'p yillardan so'ng va bu erni o'z uyimdek his qilganimdan so'ng, sardorlik bog'ichini taqishdan g'ururlanaman. Men maydonda va uning tashqarisida yetakchi bo'lishga harakat qilaman. Bu jamoada ko'plab sardorlar bor va barcha o'z hissasini qo'shadi", - deydi Kuadrado.

Xuan Kuadrado 2015 yildan buyon "Yuventus"da o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: DAZN