So’nggi yangiliklar

02:00Конференциялар лигаси саралаши. Ҳусанов захирадан тушган ўйинда "Ланс"дан ғалаба, де Хеадан "омадсиз камбэк"  0 01:27Рафаэль Бенитес ўзи мураббийлик қилган энг яхши футболчи кимлигини айтди  1 01:06Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумни дуранг билан бошлади  1 00:37"Лион" барча футболчиларини трансферга қўйди. Сабаби ҳам маълум  0 00:16Энрике Мбаппе ҳақидаги саволга жавоб беришни истамади: "Сизлар зерикарлисизлар"  1 23:50Харри Кейн: "Энди менда ҳам совринлар учун курашишга имкониятлар бор"  0 23:28Конференциялар лигаси саралаши. "Челси" ва "Ланс"нинг баҳс учун таркиблари маълум қилинди  1 23:20Гўзалликни қадрлайдиганлар учун! ЖЧ-2030 финали учун барпо қилинадиган стадионни кўрдингизми?  3 22:51Максим Шацких ёрилди: "Бу томорқада қандай қилиб футбол ўйнаш мумкин, билмайман"  45 22:22Хамес янги жамоаси билан шартнома имзолаш учун Мадридга учиб борди  0 21:59Февзи Давлетов: "Пахтакор" билан ўйин учун футболчиларни руҳан тайёрлаш шарт эмас"  12 21:19Суперлига. "Пахтакор" - "Сурхон" 0:1  11 21:08Асрор Алиқулов: "Бугунги ўйинда асосан тезкорлик ва жараённинг боришига қараб қарши ҳужумни мақсад қилгандик"  0 21:05Фарҳод Нишонов: "Вазиятларни муваффақиятли якунлайдиган футболчилар етишмаяпти"  0 21:04Суперлига. "Сурхон" 30 йилдан кейин яна "Пахтакор"ни Тошкентда мағлубиятга учратди!   97

Kroyf, Gvardiola, Sluckiy va Riberi. Ularni nima bog'lab turibdi? Yangiliklar

Kroyf, Gvardiola, Sluckiy va Riberi. Ularni nima bog'lab turibdi?

Jahon futbolida to'ng'iz yilida tug'ilgan mashhur insonlar talaygina.

Bugun ana shunday taniqli futbolchi va murabbiylar haqida suhbatlashamiz. To'ng'iz yilida bir qator taniqli futbolchi va murabbiylar tug'ilgan. Xo'sh, unday bo'lsa suhbatimizni 1947 yildan boshlaymiz. O'sha yil gollandiyaliklar uchun omadli keldi desak, adashmaymiz. CHunki bu yili CHempionlar Kubogining to'rt karra sovrindori (uch marotaba o'yinchi, bir bora murabbiy sifatida), futbol tarixida birinchilardan "Oltin to'p"ni uch marta qo'lga kiritgan Yoxan Kroyf hamda "Zenit" va Rossiya termasining sobiq bosh murabbiyi Dik Advokat tavallud topgan. 1959 yilda esa sovet davrining iqtidorli o'yinchilaridan biri Fedor CHerenkov tug'ilgan.

1971 yilda CSKA va "Spartak"da faoliyat olib borgan ikki murabbiy tavallud topadi. Bular Leonid Sluckiy va Unai Emeri. Sluckiy moskvalik armiyachilarni 7 yil davomida boshqardi va jamoasini uch marotaba mamlkat chempioniga aylantirdi. Emeri esa Moskvada yarim yil ham ushlanib qolmadi. Lekin keyinroq "Sevilya" bilan uch marta Evropa Ligasida zafar quchdi. Bugungi kunda rossiyalik mutaxassis "Vitess" jamoasini boshqarmoqda. Unai esa Londonning "Arsenali"da Arsen Venger o'rnini egalladi.

Tengdoshlariga qaganda ham murabbiy, ham o'yinchilik faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan yana bir inson Xosep Gvardioladir. U futbolchi sifatida "Barselona" bilan klublar o'rtasidagi qitaning asosiy musobaqasi ECHLda asosiy sovrinini qo'lga kiritadi. Keyinchalik esa murabbiy sifatida ushbu mukofotga ikki marotaba ega chiqadi. Bundan tashqari, u to'qqiz marotaba Ispaniya chempioni bo'lgan (6+3). U 2013 yildan buyon uch yil ichida Germaniyada "Bavariya" bilan 7ta mukofotga sazovor bo'ldi. O'tgan yili esa "Manchester Siti"ga beshinchi marta chempion bo'lishida yordam berdi va bir qator rekordlarni yangilashga muvaffaq bo'ldi.

1983 yilda tavallud topganlar

Daniel Karvalo

Rossiya futboli tarixidagi yorqin legionerlardan biri Karvalo CSKA tarkibida 2004-2009 yillarda maydonga tushgan. Daniel "qizil-ko'klar"ga Rossiya Kubogini qo'lga kiritishlarida yordam bergan. SHuningdek, u UEFA Kubogini qo'lga kiritgan. O'sha vaqtdagi finalda u 3ta golli uzatma bergan va eng yaxshi o'yinchi deb etirof etilgan. CSKAdan ketganidan so'ng Braziliyaning ettita, Qatarning bitta klubida to'p tepgan. 2017 yil faoliyatini yakunlagan. Hozirda yurtidagi ikki sport markaziga rahbarlik qilmoqda.

Frank Riberi

Franciyalik uzoq yillardan buyon "Bavariya" safida faoliyat yuritib keladi. U 2007 yildan beri myunxenliklar sharafini himoya qiladi. Riberi nemislarning top-klubiga o'tishidan avval nafaqat yurtida, balki Turkiyada ham o'ynashga ulgurgan. U yarim yil mobaynida "Galatasaroy" tarkibida maydonga tushgan. JCH-2006dan keyin qisqa vaqt ichida xavbekga ko'plab klublar qiziqish bildiradi. Lekin u "Bavariya"ga o'tishga qaror qiladi va bu jamoa bilan 12 yil davomida 22ta mukofotni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ladi. U shuningdek, CHempionlar Ligasi Kubogiga ham sazovor bo'lgan.

Yuriy Jirkov

CSKA-2005 vakillaridan yana biri Jirkov UEFA Kubogi va Rossiya Kubogi finallarida gol muallifiga aylangan. Valeriy Gazzaev jamoasiga shovqin-suron qilib kirib kelgan bo'lsa-da, Evro-2008da Rossiya termasi tarkibidagi ishtirokidan so'ng haqiqiy mashhurlikka erishdi. SHundan so'ng, termaning asosiy o'yinchisi va "Oltin to'p" nomzodlari qatoridan joy eglladi. Bir yildan so'ng "CHelsi"ga o'tdi, ammo u erdagi faoliyati uzoqqa cho'zilmadi. 2016 yildan "Zenit"da o'ynay boshladi. JCH-2018da Rossiya termasi bilan 1/4 finaligacha chiqdi. Jamoasi turnirdagi ishtirokini yakunlagach, termadagi faoliyatini yakunlagani haqida bayonot berdi. Jahon CHempionatida jarohat olgandi. SHuning uchun, 2018/19 yilgi mavsumning birorta bahsida ham ishtirok etolmadi. Uning Sankt-Peterburg klubi bilan tuzgan shartnomasi muddati shu yilning yozida o'z nihoyasiga etadi.

Daniele De Rossi

Jijji Buffon va Andrea Barcali qatori De Rossi bugungi kunda yuqori darajada o'ynayotgan Jahon CHempionati-2006ning uch g'olibidan biri hisoblanadi. U butun faoliyati davomida "Roma" shanini himoya qildi. Ammo u qadar ko'p mukofotga erisholmadi (2ta Kubok va Italiya Superkubogi). Xorijdan qiziqish bo'lishiga qaramay, rimliklarning avvalgi sardori Franchesko Totti kabi jonajon jamoasini tashlab ketishni istamadi. Hozirgi kunda oktyabr oyida olgan jarohati tuzalishini kutmoqda. Uning "Roma" bilan tuzgan shartnomasi muddati 2019 yozda o'z nihoyasiga etadi. De Rossi tez orada faoliyatini yakunlashini yashirayotgani yo'q. U keyinchalik murabbiylik bilan shug'ullanishni rejalashtirmoqda.

Filipp Lam
Butun faoliyati davomida "Bavariya" tarkibida o'ynadi. Faqat futbolchilik faoliyati boshida myunxenliklar uni "SHtutgart"ga ikki yillik ijaraga bergandi. Kattagina davr mobaynida Lam jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri bo'ldi. 2011 yilda esa sardorlik bog'ichini unga topshirildi. U myunxenliklar bilan 21ta sovrin, shuningdek,CHempionlar Kubogini qo'lga kiritgan. 2017 yilda esa futboldan ketishga qaror qiladi.
2004-2014 yillarda Germaniya terma jamoasi tarkibida to'p tepgan. Bu davrni termaning eng gullagan payti desak, adashmaymiz. Sababi, nemislar bu vaqt mobaynida ketma-ket 5ta turnirda 3-o'rindan pastga tushmaganlar. Lamning xalqaro maydondagi faoliyatining eng gullagan davri esa JCH-2014 bo'ldi. O'shanda u terma sardori bo'lgan, Germaniya esa 24 yil mobaynida ilk bor mundial g'olibiga aylangandi.

1995 yilda tavallud topganlar

Aleksey va Anton Miranchuk

Egizak aka-ukalar yoshlik paytida "Spartak" tarkibida o'ynashgandi, ammo jismonan tayyor emasliklari tufayli "qizil-oqlar"ning asosiy tarkibiga kira olishmagandi. SHundan so'ng, "Lokomotiv"ga borishgandi. "Temiryo'lchilar" tarkibida 2013 yil debyut qilishdi. Anton egizagi Alekseydan farqli o'laroq, jamoaga moslashishi qiyin kechgan. 2017/18 yilgi mavsumga qadar u asosiy tarkibda  deyarli o'ynamagan. SHu sababli, ikki medaldan quruq qoladi. Ammo o'tgan mavsum egizaklar birgalikda "qizil-yashillarga" 14 yil mobaynida ilk bora mamlakat chempioni bo'lishiga yordam berdi.
Aleksey va Anton Rossiya termasiga 2015-2017 yillarda chaqirilgan. Har ikkisi ham JCH-2018da yurt shanini himoya qilish imkoniyatiga ega bo'ldi, biroq ulardan biri 5ta o'yinda 60 daqiqadan (Urugvay bilan bahsda mag'lub bo'lishgandi — 0:3) maydonga tushgan bo'lsa, ikkinchisi umuman maydonga tushmadi.

Adrien Rabo

PSJ tarbiyalanuvchisi o'tgan yili bir vaqtning o'zida ikki janjalga duch keldi. Avvaliga u Franciya termasi tarkibida ishtirok etishdan bosh tortdi (futbolchi JCH uchun yakuniy tarkibga kiritilmaganidan norozi edi), kuzda esa klub rahbariyati bilan janjallashib qoldi. Yaqin kunlarda parijliklar uni "Barselona"ga sotib yuborishlari mumkin. Transfer summasi esa 5 million evroni tashkil etishi mumkin. Ha, chunki aks holda parijliklar shu puldan ham quruq qoladilar.

Irving Losano

"Pachuki" tarbiyalanuvchisi meksikanlarning yorqin o'yinchilaridan biri hisoblanadi. JCH-2018 payti terma tarkibida o'zini yaxshi namoyon qila oldi. Uning hisobida Germaniya darvozasiga urilgan bitta g'alabali gol bor. U CHempionlar Ligasining 8ta o'yinida 4ta gol urgan. Malumotlarga qaraganda, "Real" va "Barselona" unga qiziqish bildirmoqda. O'zingizga malum, Ispaniya grandlari har kimga ham etibor beravermaydi.

Antoni Marsyal

To'ng'iz yilida tug'ilganlar ro'yxatidagi yana bir franciyalik o'yinchi Antonidir. "Manchester Yunayted" 2015 yil "Monako"ning 19 yoshli hujumchisiga 60 million evro to'lgan edi. Ammo u haligacha unga sarflangan harajatni oqlolgani yo'q. "Qizil iblislar" bilan tuzilgan shartnoma shu yil yozda o'z yakuniga etadi. Marsyal ham PSJ yarim himoyachisi kabi Franciyaning mundialga boradiganlar ro'yxatida bor edi. Ha, u JCH-2018ga bordi, ammo birorta o'yinda ham ishtirok etolmadi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика