Kroos "Real"ni tark etmoqchi, uning o'rnini Kante egallashi mumkin
15 mar 2016 12:43
Yangiliklar


Kroos "Real"ni tark etmoqchi, uning o'rnini Kante egallashi mumkin
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos joriy mavsum oxirida klubni tark etmoqchi.
Malumotlarga ko'ra, Germaniya terma jamoasi futbolchisida nemis va ingliz klublaridan takliflar bor.
"Real" murabbiylar shtabi uning o'rnini kim bilan to'ldirishni o'ylab qo'ygan. "Qaymoqranglilar" "Lester Siti" yarim himoyachisi N'Golo Kantega ko'z tikishgan.
Kroos joriy mavsumda Primeroning 25 uchrashuvida 1 ta gol urdi va 8 ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar