Kristian Gross: “O'tgan o'yindagi xatolarni takrorlamaslikka urinamiz”
03 mar 2015 14:33
Yangiliklar


Kristian Gross: “O'tgan o'yindagi xatolarni takrorlamaslikka urinamiz”
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Al-Ahli” bosh murabbiyi shveycariyalik Kristian Gross OAV xodimlari savollariga javob qaytardi.
- “Nasaf”ni atroflicha o'rganib chiqdik. Ertangi o'yinga jamoamiz 100 foiz tayyor va g'alaba qozonishga urinib ko'ramiz. Aslida OCHL 1-turida ham yaxshi o'yin ko'rsatgandik. Lekin bir ochko bilan kifoyalandik. O'shanda ilk daqiqalardanoq hisobni ochgan bo'lsakda keyinchalik biroz bo'shashdik natijada g'alabadan mahrum bo'ldik. Bu gal o'sha xatolarni takrorlamaslikka urinamiz. Futbolchilarimdan ertangi o'yinda ham sermahsullikni va kamroq xato qilishlarini kutib qolaman...
“Nasaf” haqida u qadar ko'p malumotga ega emasman. Ko'proq o'z jamoam haqida o'ylayapman. Ertaga o'z maydonimizdagi o'yinda faqat g'alaba qozonish uchun harakat qilamiz, - deydi Kristian Gross.
“Nasaf” haqida u qadar ko'p malumotga ega emasman. Ko'proq o'z jamoam haqida o'ylayapman. Ertaga o'z maydonimizdagi o'yinda faqat g'alaba qozonish uchun harakat qilamiz, - deydi Kristian Gross.

Fikrlar