Kristian Eriksen: "Sizlar bilan faxrlanaman!"
04 iyu 2021 23:40
Yangiliklar
Kristian Eriksen: "Sizlar bilan faxrlanaman!"
Daniya terma jamoasi Evro-2020 chorak finalida CHexiyani mag'lub etgach (2:1), Kristian Eriksen jamoadoshlariga xabar yo'lladi.
Xabar qilinishicha, o'yindan so'ng Eriksen terma jamoaning chatida quyidagi xabarni qoldirgan: "Men sizlar bilan faxrlanaman!"
29 yoshli Eriksen Evro-2020'ning 1-turidan o'rin olgan Daniya — Finlyandiya uchrashuvida maydonda yurak xurujiga uchradi. SHifokorlar futbolchini hayotga qaytarishga muvaffaq bo'lishdi, keyinchalik u Kopengagen klinikalaridan birida reabilitaciya qilindi, u erda Kristianga defibrilator o'rnatildi.
Eslatib o'tamiz, Evropa chempionatining yarim finalida daniyaliklar Angliya bilan o'ynaydi. Ushbu uchrashuv 7 iyul kuni Londonda bo'lib o'tadi.
Fikrlar