Kristian Eriksen MYUga o'tganidan so'ng fikr bildirdi
27 iyu 2022 08:51
Yangiliklar
Kristian Eriksen MYUga o'tganidan so'ng fikr bildirdi
- O'tgan mavsumni "Brentford"da o'tkazgandingiz, bu yil yozda esa sizda ko'plab takliflar bo'ldi. "Manchester Yunayted" nimasi bilan qiziqtirdi?
- Birinchi navbatda futbol. Men futbol o'ynashni istaydigan odamman.
O'ylaymanki, yangi murabbiy g'oyalari va suhbatimiz orqali, men o'zimni Manchesterda tasavvur qila olaman.
SHuningdek, bu katta klub, agar eng kattasi bo'lmasa. Klubda katta tarix bor. Buning bir qismi bo'lish yoqimli.
- MYUga qarshi o'yinlar bilan bog'liq xotiralar haqida gapirib bering.
- Ular doim yaxshi o'ynashgan. Bir necha og'ir o'yinlar bo'lgan. Ammo doim yaxshi xotiralar qolgan. "Old Trafford"da o'ynash ajoyib.
- Yangi mavsum uchun shaxsiy va klub miqyosidagi maqsadingiz qanday?
- Ishonamanki, maqsadimiz - yana yuqorida bo'lish. Klub buni orzu qilmoqda. Yagona vazifa - imkon qadar yuqoriga ko'tarilish. O'ylaymanki, maqsad qandaydir sovrin yutishdan iborat bo'ladi", - dedi Eriksen.
Fikrlar