Kristian Eriksen “Ayaks”ga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
01 may 2019 08:30
Yangiliklar


Kristian Eriksen “Ayaks”ga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
“SHporlar”ning daniyalik futbolchisi “Ayaks”ga qarshi bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“O'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoyish etmadik. Dastlabki 20 daqiqada faqat to'pni orqasidan quvladik. Keyingi o'yinda ko'p narsani o'zgartirishga to'g'ri keladi. Biz raqibni yanada yaxshiroq o'ynashga majbur qildik. Ular yaxshi jismoniy hoaltda. Ammo biz bu borada ham ularga ko'maklashib yubordik. Bu esa bizning aybimiz. Birinchi bo'limda raqobat taqdim eta olmaganimizni va mag'lub bo'lganimizni hamma ko'rdi-bildi. Lekin ikkinchi bo'limda biz yaxshiroq o'ynadik. Jarohatlangan o'yinchilar haqida esa biz ortqicha gapira olmaymiz. Yarim finalda kim o'ynashining ahamiyati yo'q. Maydonga chiqish va g'alaba qozonish kerak. Amsterdamda hammasini o'zgartirishga umid qilamiz”,—deydi Eriksen.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar