Kristian Brauzman: "O'zbekiston bilan oddiy bahs bo'lmadi, o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik"
21 mar 15:54
Yangiliklar


Kristian Brauzman: "O'zbekiston bilan oddiy bahs bo'lmadi, o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik"
Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi futbolchisi Kristian Brauzman JCH-2026 saralashidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi uchrashuvdan
"Oddiy o'yin bo'lgani yo'q, jamoamizda ko'p narsa o'xshamadi deya olaman. O'z o'yinimizni ko'rsata olmadik. Nima ham derdim, xatolar ustida ishlashda davom etamiz. O'yinni tahlil qilamiz, chunki keyingi o'yinimiz Qatarga qarshi. Ushbu uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz.
Biz qaerda o'ynasak ham muxlislar doim qo'llab-quvvatlaydi. Bu juda yoqimli. Ularga mehnatlari, g'amxo'rliklari uchun rahmat aytamiz.
25 mart kuni uyda o'ynaymiz va shu kuni barchani stadionda kutamiz. Bizni qo'llab-quvvatlang. Birgalikda yutuqlarga erishamiz", – deydi Brauzman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar