Kristensen: "Keynni qanday to'xtatishni bilamiz"
05 iyu 2021 21:55
Yangiliklar
Kristensen: "Keynni qanday to'xtatishni bilamiz"
Daniya terma jamoasi himoyachisi Andreas Kristensen Evropa chempionati 1/2 finalidagi raqibi hisoblangan Angliya haqida fikr bildirdi.
"Daniyada istalgan jamoa bilan o'ynash qobiliyati borligini sezyapman. Raqibimizni o'ta ko'chli deb aytmagan bo'lardim. Keynni ham qanday to'xtatish kerakligini yaxshi bilamiz.
Biz "Uembli"da ozchilikni tashkil qilsak-da, xotirjam o'yin namoyish qilishga harakat qilamiz. Eng kuchli jamoalarga qarshi qanday o'ynay olishimizni ko'rsatdik", — deydi Kristensen.
Eslatib o'tamiz, Evro-2020 yarim finalidan o'rin olgan Daniya–Angliya uchrashuvi Londondagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuvga 60 mingga yaqin tomoshabin tashrif buyurishi ko'zda tutilmoqda.
Fikrlar