"Kristal Pelas" Zaxani sotib olmoqchi
28 jan 2015 13:42
Yangiliklar

"Kristal Pelas" Zaxani sotib olmoqchi
"Kristal Pelas" "Manchester Yunayted"dan Uilfrid Zaxani 3 million funtga sotib olmoqchi.
2013 yil yanvarida "qizil iblislar" "Kardiff"dan futbolchini 10 million funt evaziga sotib olgandi. So'ngra "Yunayted"da murabbiy almashdi va Zaxa o'zini "Old Trafford"da yorqin namoyon eta olmadi.
Devid Moyes boshqaruvidagi "Yunayted"da 5ta o'yinda ishtirok etib Uilfrid mavsumning ikkinchi qismini "Kardiff"da ijarada o'tkazgandi. 2014 yil yozida Lui Van Gal klubga kelib Zaxani "Kristal Pelas"ga berib yuborgandi.
22 yoshli Zaxa "Pelas"da o'zini yaxshi ko'rsatmoqda va murabbiy Alan Pardyu uni to'liq sotib olmoqchi. The Guardian nashrining xabariga ko'ra, "Yunayted" Uilfridni 3 million funt va qo'shimcha 3 million bonuslar evaziga sotmoqchi.
Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, "Pelas" shuningdek KPRdan Jordon Matchni 4 million funtga sotib olmoqchi.

Fikrlar