Krishtianu Ronalduning opasi tasirli xat yozdi
17 jan 2018 20:32
Yangiliklar
Krishtianu Ronalduning opasi tasirli xat yozdi
Mashxur qo'shiqchi ukasiga instagramda murojaat qildi. Uning o'ziga hos xati portugaliyalikni tanqid qilayotganlarga javob bo'ldi. Ronaldu joriy mavsum LaLigada bor yo'g'i to'rtta gol urdi.
"12 yoshingda Lissabonga kelganingda ular seni Madeyrodan kelgan navbatdagi bolakay deyishdi. Besh yildan keyin sen "Sporting" asosiy tarkibida o'ynading.
Kattalar futbolida birinchi o'yiningni o'tkazganingda ular seni o'zidan ketgan bola deyishdi.
Angliyaga kelganingda ular seni faqatgina futbolka uchun sotib olishdi deyishdi. Sen esa 422ta gol urding va deyarli hamma rekordlarni yangilading.
Birinchi bor "Oltin to'p" olganingda ular bu hammasi deyishdi. Sen ulardan yana to'rttasini qo'lga kiritding.
Portugaliya milliy terma jamoasida sardor bo'lganingda ular senda xarakter yo'q deyishdi. Sen esa tarixda birinchi bo'lib Evropa chempionati kubogini ko'tarding.
Havotir olma. Sen Eyfel minorasida qo'lingda sovrin bilan yuzda tabassum ila turganingda, hal qiluvchi golni urganingda va yangi rekord o'rnatganingda ular kuzatishdi va seni olqishlashdi.
Bechora odamlar. Ularga faqat shu qoldi", - deb yozdi Ronalduning opasi Katya.
Fikrlar