Krishtianu Ronaldu: "Yaqin yillar ichida Saudiya Arabistoni ligasi dunyoning eng zo'r chempionatlari qatoriga kiradi"
24 may 2023 10:19
Yangiliklar
Krishtianu Ronaldu: "Yaqin yillar ichida Saudiya Arabistoni ligasi dunyoning eng zo'r chempionatlari qatoriga kiradi"
“Al-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni ligasi dunyodagi eng kuchli chempionatlardan biriga aylanishiga ishonmoqda.
“Saudiya ligasi kuchayib bormoqda, kelasi yili u yanada yaxshi bo'ladi. Bosqichma-bosqich dunyoning kuchli besh ligasidan biriga aylanadi. Lekin bizga buning uchun vaqt, futbolchilar, infratuzilma kerak. Biroq, men ishonamanki, bu mamlakatda ajoyib salohiyat va odamlar bor. Liga ajoyib bo'ladi”, - dedi Ronaldu.
Fikrlar