Krishtianu Ronaldu: "Umid qilamanki, "Yuventus" bu mavsum CHLda g'alaba qozonadi"
30 avg 2019 12:04
Yangiliklar


Krishtianu Ronaldu: "Umid qilamanki, "Yuventus" bu mavsum CHLda g'alaba qozonadi"
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasi bilan CHempionlar Ligasida g'alaba qozonishga umid qilmoqda.
Kecha bo'lib o'tgan quraga ko'ra, "Yuventus" bilan "Atletiko", "Bayer" va Moskvaning "Lokomotiv" klublari bir guruhdan joy egallashdi.
"Umid qilamanki, "Yuventus" bu yilgi mavsum CHLda g'alaba qozonadi, ammo bu juda qiyin turnir. Bu erda favoritlar doim yutaverishmaydi. "Barselona"ning "Enfild"da 4ta gol o'tkazib yuborgani bunga yorqin misoldir.
Barcha bizni "Ayaks" bilan o'yinda g'alaba qozonadi deb o'ylayotgan edi, ammo biz bu ishni qilolmadik. Bu musobaqa juda ham murakkib, ammo bu yilgi CHL bizniki bo'ladi deb umid qilaman", - deydi Ronaldu.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar