

Kecha bo'lib o'tgan qur'aga ko'ra, "Yuventus" bilan "Atletiko", "Bayer" va Moskvaning "Lokomotiv" klublari bir guruhdan joy egallashdi.
"Umid qilamanki, "Yuventus" bu yilgi mavsum CHLda g'alaba qozonadi, ammo bu juda qiyin turnir. Bu yerda favoritlar doim yutaverishmaydi. "Barselona"ning "Enfild"da 4ta gol o'tkazib yuborgani bunga yorqin misoldir.
Barcha bizni "Ayaks" bilan o'yinda g'alaba qozonadi deb o'ylayotgan edi, ammo biz bu ishni qilolmadik. Bu musobaqa juda ham murakkib, ammo bu yilgi CHL bizniki bo'ladi deb umid qilaman", - deydi Ronaldu.




