Krishtianu Ronaldu telekompaniyaga tahdid qilmoqda
05 sen 2018 08:30
Yangiliklar
Krishtianu Ronaldu telekompaniyaga tahdid qilmoqda
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu uning qiz o'rtog'i Jorjina Rodriges haqida reportaj tayyorlagan telekompaniyaga sud bilan tahdid qilmoqda.
Malumotlarga ko'ra, lavhada Jorjina portugaliyalik bilan uchrashishni boshlaganidan so'ng oilasi bilan muloqotni to'xtatgani haqida aytilgan. Videoda qiz uni o'stirgan keksa buvisi va insultni boshidan o'tkazgan otasi oldiga bormay qo'ygani hikoya qilingan.
Ronaldu ushbu lavhadan g'azablandi va o'z advokatlariga telekompaniya bilan bog'lanib, Jorjina haqidagi syujet translyaciyasini to'xtatishni so'ragan. Futbolchi bu material ko'rsatilmasligi uchun telekompaniyani sudga berishga tayyor.
Malum bo'lishicha, telekompaniya Ronaldu bilan murosa qilishga qaror qildi va o'z jurnalistlariga Jorjinaga nisbatan surishtiruvni to'xtatishni buyurdi.
Fikrlar