

Men Florentino Peres bilan telefonda gaplashdim. Madridga qaytgach, u bilan yana gaplashamiz. Albatta kelishuvni uzaytirmoqchiman, – deydi Ronaldu.
31 yoshli Portugaliya terma jamoasi sardorining Real bilan amaldagi shartnomasi 2018 yil yozida tugaydi.
Ronaldu Real bilan 2020 yilgacha uzaytirishi va 35 yoshida futbolchilik faoliyatini tugatishi haqida xabarlar chiqqandi.



