Krishtianu Ronaldu jahon rekordini o'rnatdi

Sherzod Nurmatov
28 sen 2023, 11:48
"Al Nassr" so'nggi 2 ta uchrashuvda 2 ta g'alabaga erishdi – OCHLda "Persepolis" (2:0) va Saudiya Arabistoni ligasida "Al Ahli" (4:3) ustidan g'alaba qozondi.

Ikkala uchrashuvda ham Krishtianu Ronaldu ishtirok etdi. 

Shu tariqa, portugaliyalik 1001 ta o'yinda mag'lub bo'lmadi. Bu haqda IIFHS ma'lum qildi. Va bu jahon rekordidir.

Umuman olganda, Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida klub va terma jamoa miqyosida 1183 ta o'yin o'tkazgan. Uning jamoalari 777 marta g'alaba qozongan, 224 marta durang o'ynagan va 182 marta mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: IIFHS