Krishtianu Ronaldu effekti
07 mar 2019 14:42
Yangiliklar


Krishtianu Ronaldu effekti
Madridning "Real" klubi CHempionlar ligasi 1/8 final javob o'yinida "Ayaks"ga yirik hisobda mag'lub bo'lib, sharmandalarcha turnirni tark etdi.
Ko'pchilik bu mag'lubiyatga portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning "Qirollik klubi"dan ketishi sabab deb hisoblamoqda. Jamoaning CHLdagi natijalariga qaraydigan bo'lsak bu gap-so'zlar haqiqatga yaqin. Keling, nega bunday ekanligini ko'rsatib beramiz.
"Real" Ronaldu kelishidan oldin CHempionlar ligasida 1/8 finalda o'ta olmayotgan edi. Ammo portugaliyalik forvard jamoaga kelishi bilan "Qirollik klubi" bu turnir etakchilaridan biriga aylandi. Ular so'nggi 3 yil musobaqa g'olibiga aylanishdi.
"Real"ning Krishtianu Ronaldu bilan va portugaliyaliksiz qayd etgan natijalari (CHempionlar ligasi) | ||
---|---|---|
Mavsum | "Real" to'xtagan bosqich (mag'lub etgan jamoa) | Krishtianu Ronaldu "Real" safida |
2004/2005 | 1/8 final ("Yuventus") | YO'Q |
2005/2006 | 1/8 final ("Arsenal") | YO'Q |
2006/2007 | 1/8 final ("Bavariya") | YO'Q |
2007/2008 | 1/8 final ("Roma") | YO'Q |
2008/2009 | 1/8 final ("Liverpul") | YO'Q |
2009/2010 | 1/8 final ("Lion") | BOR |
2010/2011 | 1/2 final ("Barselona") | BOR |
2011/2012 | 1/2 final ("Bavariya") | BOR |
2012/2013 | 1/2 final ("Borussiya" D) | BOR |
2013/2014 | CHempion | BOR |
2014/2015 | 1/2 final ("Yuventus") | BOR |
2015/2016 | CHempion | BOR |
2016/2017 | CHempion | BOR |
2017/2018 | CHempion | BOR |
2018/2019 | 1/8 final ("Ayaks") | YO'Q |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar