Krishtianu Ronaldu: YCHLdagi rekordimni yangilashni istayman, lekin...

Narzulla Saydullayev
25 may 2016, 12:14
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu YCHL finalidan o'rin olgan Atletiko bilan o'yindan oldin jiddiy jarohat olmaganini aytib o'tdi.

U 2013/14 yilgi mavsumda YCHLda gol urish bo'yicha o'z rekordini (17ta gol) yangilashni istayotganini aytib o'tdi.

Kichik shikastlanish bor, ammo ertaga yoki indinga barchasi joyida bo'ladi.

O'z rekordimni yangilashni istayman, lekin rekordga intilmayman. Ular o'z o'zidan bo'ladi. Eng asosiysi - o'yinni yutish. Agar gol ura olmasam ham rekord o'zimda qoladi.

Albatta, finalda gol urishni xohlayman, agar buni qila olmasam kubokni Realga boshqa kimdir keltirishiga ishonaman, - deydi bu mavsum YCHLda 16ta gol urgan Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com