Krishtianu "Ayaks"ga qarshi o'ynamasligi mumkin. UEFA Ronalduga nisbatan ish ochdi
18 mar 2019 16:30
Yangiliklar


Krishtianu "Ayaks"ga qarshi o'ynamasligi mumkin. UEFA Ronalduga nisbatan ish ochdi
"Yuventus" hujumchisi Krishitanu Ronaldu "Atletiko"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvidagi (3:0) harakati uchun UEFA tomonidan jazolanishi mumkin.
Tashkilot rasmiy saytida yozilishicha, futbolchiga nisbatan intizom ishi ochilgan. Tekshiruv natijalari 21 mart kuni elon qilinadi.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik bahs oxirida "Atletiko" ustozi Diego Simeonening birinchi uchrashuvda qilgan ishini takrorlagan edi.
UEFA bu harakat uchun Simeonega 20 ming evro jarima solgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar