So’nggi yangiliklar

14:10Про лига. "Жайхун" – "ФарДУ". Таркиблар маълум  0 14:01Давид Райя — "Арсенал" тарихидаги энг яхши дарвозабон (Opta)  1 13:33ПСЖ Мендеш, Дуэ ва Дембеленинг ҳолати ҳақида маълумот берди  0 13:04"Коринтианс" Депайдан арзонроқ уйга кўчиб ўтишни сўради  1 12:36Лутфуллин бригадаси Миср – Венесуэла учрашувида ишлайди  0 12:09Испания терма жамоасининг ЖЧ-2026 учун уй либоси намойиш қилинди  1 11:35ФИФА "Тинчлик мукофоти"ни таъсис этди  3 11:05Футзал. Бугун терма жамоамиз Озарбайжонга қарши баҳс олиб боради  0 10:40Али Ашур: “Ўйинчиларимдан хурсандман, 0:0 ҳисобидан хурсанд эмасман”  1 10:13Аргентина терма жамоаси ЖЧ-2026 либосини тақдим этди  6 09:45"Бу ёлғон". Ламин Ямал соғлиғидаги муаммолари ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди  3 09:16Sofascore. Кечаги учрашувда "Андижон" жамоасидан ким энг катта баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:48EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  2 08:20Максим Шацких: “Биз рекорд сари боряпмиз”  13 08:15ОЧЛ-2. "Ал Ҳалдия" – "Андижон" 0:0  2

Krishtiano Ronaldu: “Men allaqachon futbol tarixiga kirib ulgurganman” Yangiliklar

Krishtiano Ronaldu: “Men allaqachon futbol tarixiga kirib ulgurganman”

“Real” hujumchisi Krishtino Ronaldu qo'lga kiritgan yutuqlari va yangi yildagi maqsadlari haqida to'xtaldi.

“Men yoshligimdan futbol tarixiga kirish uchun harakat qilganman. Bolaligimdan shunchaki futbolchi emas, balki yulduzga aylanish va doim eng yaxshi bo'lishga intilganman. Va men bunga erishdim.

Qo'lga kiritgan sovrinlarim ham so'zlarimga dalil bo'la oladi. Qo'lga kiritgan barcha yutuqlarim – kuboklar, shaxsiy ko'rsatkichlar, statistik rekordlar... Men bu bilan faxrlanaman va bu meni shu paytgacha qanday ishlab kelgan bo'lsam, yana shunday harakat qilishga undaydi.

-Bir necha yillardan buyon yuqori saviyada o'yin ko'rsatishingizning sababi nimada?

-Buni hech qanday sirli joyi yo'q. Bu tinimsiz va mashaqqatli mehnat mahsuli. Qolaversa, men ko'plab yutuqlarimni qo'lga kiritishiim mumkin bo'lgan klubda to'p tepayapman. Terma jamoa haqida ham shunday fikr bildirishim mumkin.

-2017 yilda oldingizga qanday maqsad qo'ygansiz?

-Maqsadim o'sha o'sha.  Oldinda yangi chaqiriqlar. Yangi sovrinlar uchun kurash. Ko'proq gollar kiritish.  Men jamoamning yangi muvaffaqiyatlariga hissa qo'shish bilan birga shaxsiy ko'rsatikichlarimni ham yanada yaxshilash niyatidaman.

-2017 yilda Konfederaciyalar kubogi o'tkaziladi. Bu Portugaliya terma jamoasi va siz uchun qanday ahamiyatga ega?

-Portugaliya ilk bor mazkur turnirda qatnashish huquqiga ega bo'ldi. Bu unutilmas turnir bo'lishiga ishonaman. Albatta, bu musobaqada g'olib chiqish niyatidaman. Ammo buni amalga oshirish oson emasligini bilamiz. Biz bilan birga  mazkur turnirda dunyoning eng yaxshi jamoalari ham ishtirok etadi. Futbolda hamma narsa sodir bo'lishi mumkin,-deydi  Ronaldu.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика