So’nggi yangiliklar

21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  0 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  3 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  0 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  6 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1 20:05"Комо" "Ювентус" хавбекига даъвогарлик қилмоқда  0 19:48Mirabror Usmanov Cup-2024. Дарвозабон 2 та гол урган ўйинда Тожикистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди  1 19:29Энцо Зидан тез орада фаолиятини якунлайди  6 19:02"Манчестер Сити" Доннаруммани қўлга киритиш ҳақида ўйламоқда  0 18:30АПЛ янги мавсумда фойдаланиладиган расмий тўпни намойиш қилди  0 18:09Қувватовдан сўнг энди Цигер "Навбаҳор"га йўл олмоқда. "Нефтчи" пойгадан чиқяптими?  15 17:56Шаҳбоз Жўрабеков: "Бир жамоага ишониб "Қизилқум" билан хайрлашгандим. Клубсиз қолишим мумкин эди. "Бунёдкор"ни қутқариш учун келдик"  3 17:23Кантона Ямалга тан берди  4 16:59"Реал" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  1 16:36Роналдо Эндрикнинг "Реал"даги истиқболига баҳо берди  5

Krimec qaerda, "Paxtakor" Norchaevga "og'iz soladimi", CHeran jamoada qoladimi? Yangiliklar

Krimec qaerda, "Paxtakor" Norchaevga "og'iz soladimi", CHeran jamoada qoladimi?

"Paxtakor" 2021 yilda ham chempionlikni muddatidan oldin tantana qildi.

Ortda qolgan mavsum hamda kelajak rejalar haqida Toshkent klubi sport direktori Jafar Irismetov bilan suhbatlashdik.

— Bu yilgi chempionlikni qo'lga kiritish oldingilariga nisbatan qiyinroq bo'lgani aytilmoqda. "Paxtakor" sport direktori sifatida bu fikrga qo'shilasizmi?

— Albatta, 2021 yil nisbatan og'ir o'tdi. Mavsumning dastlabki qismida iqtisodiy jihatdan jamoaning kelajagi mavhum bo'lib turgandi. SHunday bo'lishiga qaramay, 5 oy davomida maosh olmay o'ynagan futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Ularning mehnatlari tufayli yomon kunlarda ham o'z o'rnimizni yo'qotib qo'ymadik.

— Egor Krimec iyun oyidan buyon ko'rinish bermayapti. Uning ahvoli joyidami?

— Egorning jarohatiga infekciya tushgandi. Afsuski, tuzalib ketishi qiyin kechmoqda. Toshkentdagi operaciya foyda bermaganidan keyin Moskvaga jo'nab ketdi. Navbatdagi jarrohlik amaliyotini kutyapmiz.

— Klub hokimiyat qaramog'iga o'tganidan keyin jamoaning smetasi kamaymasligi, o'z holida ushlab turilishi aytilgandi. Bu kelasi yillar uchun ham amal qiladimi?

— To'g'ri, "Paxtakor"ni shahar hokimiyati moliyalashtira boshlaganidan keyin bu boradagi muammolarimiz tugadi. Ammo kelasi yilgi smeta masalasida hozircha aniq gap aytolmayman. CHunki hali mavsum davom etyapti. Bu borada yil oxirida gaplashiladi.

— Derdiyok jamoani tark etgach, shartnomaning bir tomonlama bekor qilgani to'g'risida xabar topdik. Lekin bu haqda rasmiy malumot ololmadik. SHu masalaga aniqlik kirita olasizmi?

— Ha, Eren "Paxtakor" bilan bitimini bir tomonlama bekor qilib ketdi. Yuqorida futbolchilarning malum muddat maoshsiz o'ynagani haqida aytgandim. SHveycariyalik forvard buni xohlamadi.  Undan jamoa rahbariyati xafa bo'lgani ham rost. Odamiylik jihatidan o'zining shartnomasida yozilgan kunga qadar kutsa, barchasi iziga tushib ketar edi.

— Siz bilan 8 iyun kuni "Jar" stadionida suhbatlashganimizda rahbariyat yozda Sergeevni jamoaga qaytarishni xohlayotgani haqida aytgandingiz. Igor hamon "Paxtakor"ning "short-list"ida bormi?

— Ha, shunday rejamiz bor edi. Biroq, Igor "Tobol"ga transfer bo'ldi. U kabi hujumchilar barcha jamoaga kerak. Imkon bo'lsa, albatta, "Paxtakor"ga qaytarishni xohlaymiz. Ayni paytda klub uchun undan munosibroq variant bo'lmasa kerak. Ammo masalaning boshqa tomonini ham tushunishingiz kerak. Biz xohlaganimiz bilan Igorning o'zi faoliyatini xorijda davom ettirishni istashi mumkin.

— Qishda transfer qilinadigan yangi nomlar haqida malumot bersangiz, jamoa muxlislari xursand bo'lishar edi...

— 6-7 nafar o'yinchini kuzatib yurgan edik. Jahongir Abidovich asosiy etiborni yoshlarga qaratishni so'raganlaridan keyin "short-list"imizda 2-3 nafar futbolchi qoldi. Kelasi mavsumda jamoa tarkibi tubdan isloh qilinishi mumkin. Ammo bu katta yulduzlarni olib kelamiz, degani emas. Asosan yoshlar xizmatidan foydalanishni reja qilyapmiz. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

— Ayni paytda "Paxtakor"ni kuchaytira oladigan yoshlar qatorini sanang.

— Bilasizmi, birnchi navbatda o'z tarbiyalanuvchilarimizga etibor qaratishimiz kerak. Hojimat Erkinov, Diyor Xolmatov, Azmiddinov, Abbosbek Fayzullaev singari yaxshi talantlar bor. 

— Boshqa jamoalardagi yoshlardanchi?

— Keling, bu borada siz yordamlashib yuboring. 2021 yilda yarq etib porlagan yangi nomlarni sanab bering.

— Masalan, Husayn Norchaev...

— To'g'ri, Husayn yomon o'ynamayapti. Lekin bu uning 1-mavsumi ekanini unutmaslik kerak. Norchaev kelasi yil ham mahsuldorligini saqlab qoladimi degan savol tug'iladi. Uni "Nasaf"dan boshqa jamoalarning libosida ko'rmaganmiz. Toshkentga kelib, "Paxtakor"ga moslashib ketishiga hech kim kafolat bermaydi. 

SHuningdek, Norchaevning sermahsulligi juda yuqori, degan fikrga ham qo'shilmayman. Markaziy hujumchi uchun 22 o'yindagi 10 ta gol kifoya qiladigan bo'lsa, futbolni tugatishimiz kerak. Afsuski, oxirgi yillarda o'zbek forvardlarining barchasi bu borada oqsayapti. 

— Jafar Irismetov futbolimiz tarixidagi eng kuchli markaziy hujumchilardan biri. Bugungi hamkasblaringiz kun sayin to'p kiritishni unutib borayotgandek. Buning sababini qanday izohlaysiz.

— Juda qiyin savol. Ochig'i, bilmadim. Buning asosiy sababini bilmayman, lekin maydonlarning sifati forvardlar ishini qiyinlashtirishi bor gap.

— Jamoa etakchisi Dragan CHeranni kelasi mavsum ham "sherlar" libosida ko'ramizmi?

— Dragan bilan yana 1 yilga amal qiladigan shartnomamiz bor. U "Paxtakor"ga foyda keltirishiga ishonaman. Bazilar uning yoshi o'tib qolgani, yugurmay qo'yganini gapiryapti. Ulardan CHeranning samaradorligiga etibor qaratishni so'ragan bo'lardim. To'p unga kelib tushganida nimalar qilayotganini yaxshilab kuzating. Gol urishni qo'yib turing, maydondagi liderlik va hujumlarni keskinlashtirish borasida Dragan benazir futbolchi.

Hakamlar bitta o'yin uchun qancha olishadi?

Muallif :
Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика