Krasnodarda "Paxtakor" "Dinamo" Moskvaga yutqazdi
06 apr 2015 18:47
Yangiliklar


Krasnodarda "Paxtakor" "Dinamo" Moskvaga yutqazdi
Bugun Krasnodarda Sergey Vaxrushev xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan 4-xalqaro turnir boshlandi.
Jamoamiz "V" guruhidan o'rin olib, "Dinamo" Moskva, "Anji" va "Krasnodar-2" akademiya tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushadigan bo'lishdi. 1-turda "Dinamo"ga qarshi o'ynagan Rustam Qurbonboev shogirdlari 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Zaxarov, Grulev va Rahimovning avtogoliga Sarkaev javob qaytardi. Ikkinchi turda 1999 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat jamoa ertaga "Anji" bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:10da boshlanadi.

Fikrlar