So’nggi yangiliklar

11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  0 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  8 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  1 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  2 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  1 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  4 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  2 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  2 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  34 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  15 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  4 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0

RPL. "Krasnodar" "Tambov"ni mag'lub etdi Yangiliklar

RPL. "Krasnodar" "Tambov"ni mag'lub etdi

RPL 15-tur doirasidagi "Krasnodar" - "Tambov" o'yini yakunlandi.

FC Krasnodar

Remy Cabella - 17'

Premier League . 15-tur

21/11/2020, 16:00

0
:
1
Tugadi

FC Tambov

Stadion: Krasnodar Stadium

45'
90'
17'  Remy Cabella
17'  Viktor Claesson
32'  Egor Sorokin
33'  Aleksey Ionov
52'  Aleksandr Martynovich
60'  Egor Sorokin
68'  Igor Smolnikov (Cristian Ramirez)
68'  Viktor Claesson (Kristoffer Olsson)
68'  Daniil Utkin (Ruslan Kambolov)
70'  Ruslan Kambolov
75'  Magomed-Shapi Suleymanov (Ari)
76'  Yuri Gazinskiy (Tonny Vilhena)
90'  Cristian Ramirez
35'  Oleksandr Kapliyenko
49'  Varazdat Haroyan
56'  Mikhail Kostyukov
64'  Varazdat Haroyan
71'  Aleksei Rybin
78'  Aleksei Rybin (Anton Kilin)
79'  Aleksey Gritsaenko
88'  Valeriu Ciuperca (Vladimir Kabakhidze)

"Krasnodar" – "Tambov" 1:0

"Krasnodar stadioni"

Gol: 1:0 – 17 Kabella.

"Krasnodar" – Gorodov, CHernov, Smolnikov (Ramires, 67), Sorokin, Martinovich, Kabella, Klasson (Olsson, 68), Utkin (Kambolov, 68), Ionov, Suleymanov (Ari, 75), Gazinskiy (Vilena, 76).

"Tambov" – Rijikov, SHlyakov, SHaxov, Kaplienko, Ribin (Kilin, 78), Kostyukov, CHuperka (Kabaxidze, 88), Gricaenko, Karasev, Aroyan, Karapetyan.

Ogohlantirishlar:  Sorokin (32), Ionov (33), Kaplienko (34), Aroyan (49), Martinovich (52), Kostyukov (56), Kambolov (70), Ribin (71), Gricaenko (79), Ramires (90).

CHetlatishlar: Sorokin (60), Aroyan (63).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

82. "Krasnodar"ning hujumi gol bilan yakunlanishi mumkin edi, ammo Rijikovning seyvi vaziyatni o'ngladi.

79. "Tambov"da ham o'zgarishlar boshlandi, ammo hozircha Jasur Jaloliddinov kameralar nishoniga tushmayapti.

72. Gazinskiyning zarbasi "Tambov" darvozasi ustuni yonidan o'tib ketdi.

67. "Krasnodar"da birdaniga 3ta o'zgarish: Ramires, Olsson va Kambolov maydonga tushishdi.

64. QIZIL KARTOCHKA. Endi "Tambov" futbolchisi chetlatildi. Aroyan o'zining ikkinchi sariq kartochkasini qabul qilib oldi. Ikkala jamoa ham 10 kishi bo'lib harakat qiladi.

60. QIZIL KARTOCHKA. Egor Sorokin uchrashuvdagi ikkinchi sariq kartochkasini oldi va chetlatildi. "Krasnodar" bir kishi kam bo'lib qoldi.

59. "Krasnodar"ning chiroylik hujumi Utkinning kuchsiz zarbasi bilan yakun topdi.

54. Gazinskiy "Krasnodar"ning hujumini zarba bilan yakunladi, ammo Rijikov to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

53. CHuperkaning jarimadan bergan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.

52. Sariq kartochka. Martinovich himoyada to'pni oldirdi va raqibni yiqitishga majbur bo'ldi.

50. "Krasnodar" ikkinchi bo'lim boshida ham huddi birinchi taymdagidek to'p nazoratini qo'lga oldi va o'zining kombinacion hujumlarini amalga oshirmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

37. SHapi va Kabella "Tambov" darvozasini ishg'ol qilishga urinishdi, ammo ikkala zarbadan keyin ham to'p darvoza to'riga kirishni istamadi.

34. Jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi, hujumning ikkinchi to'lqinida ham zarba bo'ldi, ammo Gorodov to'pni osonlik bilan ushlab oldi.

33. Sariq kartochka. "Rostov"dan "Krasnodar"ga o'tgan Ionov o'z jarima maydonchasi oldida "Tambov" futbolchisiga nisbatan qo'pol o'ynadi va hakam tomonidan jazolandi.

27. SHAPIIII! Suleyman yaqin masofadan darvozani ishg'ol qila olmadi. Rijikov yiqilib bo'lgandi, ammo zarbadan so'ng u o'ng qo'li bilan to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

26. Birinchi taymning yarmi o'tib bo'ldi, mezbonlarning hisobni ochishi va "Tambov"ning hisobga olinmagan golidan so'ng mehmonlar tez-tez hujum uyushtirib, vaziyatni o'nglashga urinishmoqda.

18. GOOOL! "Tambov" tezlik bilan hisobni tenglashtirdi! Kostyukov raqib himoyachilaridan qochib ketdi va to'pga zarba berdi. To'p darvozaning chap ustuniga tegib, to'rning bag'riga otildi. 1:1! Biroq hakam VARning qarorini kutmoqda, qandaydir qoidabuzarlik bo'lgan ko'rinadi. GOL HISOBGA OLINMADI, OFSAYD BO'LGAN DEYISHMOQDA, TAKRORIY LAVHADA BUNI ANIQLASH QIYIN, AMMO KOMPYUTER GRAFIKASI ORQALI KO'RSATILGAN CHIZIQDA OFSAYD BORDEK KO'RINDI.

17. GOL! "Krasnodar" hisobni ochdi. Kabella raqib jarima maydonchasida to'pni qabul qilib oldi va darvozaga zarba berdi. To'p Rijikovning oyog'iga tegdi, ammo yo'nalish biroz o'zgardi va baribir darvozadan joy oldi. 1:0.

13. "Krasnodar" futbolchisi o'tkir burchakdan darvoza tomon zarba berdi, ammo to'p posbonga tegib maydonni tark etdi.

10. Karapetyan uzatmaga eta olmadi. U to'pni o'ziniki qilib olganida "Tambov" hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi.

5. Uchrashuvning dastlabki 5 daqiqasi mezbon jamoaning kichik ustunligi ostida o'tdi. Bu vaqt ichida "Tambov" 1ta hujum uyushtirdi, "Krasnodar" esa 4ta.

1. Uchrashuv boshlandi.

"Lokomotiv" (Moskva)dan "Tambov"da ijara asosida harakat qilayotgan Jasur Jaloliddinov bugungi o'yinni zaxiradan boshlaydi.

"Krasnodar": Gorodov, Smolnikov, Gazinskiy, CHernov, Martinovich, Sorokin, Ionov, Utkin, Klasson, Kabella, Suleymanov.

Zaxira: Sinicin, Ramires, Kambolov, Olsson, Vilena, Ari, Markov, Berg.

"Tambov": Rijikov, Rybin, SHaxov, SHlyakov, Gricaenko, Aroyan, Kaplienko, CHuperka, Karasyov, Kostyukov, Karapetyan.

Zaxira: CHagrov, CHicherin, Oyevole, Takazov, Volodko, Kilin, Moxammed, Kabaxidze, Till, Merenchukov, Jaloliddinov.


ROSSIYA PREMER-LIGASI TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI BILAN TANISHING

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика