So’nggi yangiliklar

23:00Ла Лига. "Барселона" - "Вальядолид" 7:0, Рафинядан хет-трик  2 22:45ҚПЛ. "Ордабаси" меҳмонда "Қайсар"га мағлуб бўлди, Яхшибоев ва Умаров эса...  1 22:00РПЛ. "Акрон" ва Эсанов "Ахмат" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  1 22:00Ла Лига. "Атлетико" Бильбаода "Атлетик" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  5 22:00Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Вальядолид"га жавобсиз 7та гол урди!  53 21:45РПЛ. "Спартак" ўз уйида Раҳмоналиев ва Ашурматов ҳаракат қилаётган "Рубин"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  1 21:40Расман: "Вест Хэм" ПСЖ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  1 21:30АПЛ. "Вест Хэм" Лондонда "Ман Сити"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  6 21:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ва Алиқулов ўз майдонида "Қосимпошо"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  2 19:30РПЛ. ЦСКА яна ғалаба қозонди  2 19:00АПЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, Деклан Райс фаолиятида биринчи маротаба қизил карточка олди  4 18:51Пирс Морган: "Бу нимаси? Райс оёғидан зарба қабул қилиб олгани учун четлатилдими?"  9 18:36АПЛнинг 5та баҳси учун таркиблар билан танишинг  1 18:29АПЛ. Қизил карточка "Арсенал"га қимматга тушди ва Лондон клуби жорий мавсумдаги дастлабки очколарини йўқотди  13 18:17"Бухоро" ва "Хоразм" клублари, клуб расмийлари иши Тартиб-интизом қўмитасига оширилди  4

"Rostov" so'nggi daqiqalarda 2ta gol o'tkazib, g'alabani qo'ldan boy berdi. SHomurodovdan golli pas Yangiliklar

"Rostov" so'nggi daqiqalarda 2ta gol o'tkazib, g'alabani qo'ldan boy berdi. SHomurodovdan golli pas

"Krasnodar" hamda "Rostov" o'rtasidagi Rossiya Premer-ligasi 15-tur uchrashuvi yakuniga etdi.

FC Krasnodar

Ivan Ignatyev - 90', Uros Spajic - 90'

Premier League . 15-tur

03/11/2019, 17:30

2
:
2
Tugadi

FC Rostov

Aleksey Ionov - 34', Aleksey Ionov - 41'

Stadion: Krasnodar Stadium

45'
90'
46'  Kristoffer Olsson (Daniil Utkin)
72'  Manuel Fernandes (Younes Namli)
75'  Marcus Berg (Ivan Ignatyev)
90'  Ivan Ignatyev
90'  Magomed-Shapi Suleymanov
90'  Uros Spajic
90'  Younes Namli
34'  Aleksey Ionov
34'  Eldor Shomurodov
41'  Aleksey Ionov
53'  Ivelin Popov
57'  Roman Eremenko
63'  Dmitri Chistyakov
69'  Ivelin Popov (Baktiyor Zaynutdinov)
77'  Baktiyor Zaynutdinov
79'  Khoren Bayramyan (Aleksandr Saplinov)
86'  Danil Glebov (Ragnar Sigurdsson)

"Krasnodar" – "Rostov" 2:2

"Stadion Akademii FK Krasnodar"

Gollar: 0:1 – 34 Ionov, 0:2 – 41 Ionov, 1:2 – 90 Ignatev, 2:2 – 90 Spayich.

"Krasnodar": Safonov, Martinovich, Ramires, Petrov, Spayich, Olsson (Utkin, 46), Vilena, Fernandesh (Namli, 72), Suleymanov, Ari, Berg (Ignatev, 75).

"Rostov": Baburin, Kozlov, CHistyakov, CHernov, Xadjikadunich, Popov (Zaynutdinov, 68), Glebov (Sigurdsson, 86), Ionov, Eremenko, Bayramyan (Saplinov, 79), SHomurodov.

Ogohlantirishlar: Popov (53), Eremenko (57), CHistyakov (63), Zaynutdinov (77).




BAHS YAKUNLANDI!

90+5. "Rostov" yana gol o'tkazib yubordi! 2:2!!! Qanotdan havolatib uzatilgan to'p Spayichning boshini topdi va u darvozani ishg'ol qildi.

90+3. GOL! 1:2! Ignatev o'z maqsadiga erishdi. Darvozabon bilan birga bir chiqqan Ignatev bu safar gol ura oldi.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Bugun "Krasnodar"ning kuni emas ekan. Ignatev darvozabon bilan birga bir chiqdi. Zarbadan so'ng to'p Baburinga tegib Ari tomonga bordi. Ammo Ari ham darvozani ishg'ol qila olmadi.

87. "Rostov" muxlislari "Stolica yuga" deya o'z jamoasini qo'llab-quvvatlashmoqda. Haqiqatdan ham - Rossiya janubi iz yellou! Malumot uchun: Krasnodar ham Rossiya janubida joylashgan.

86. "Rostov" safida so'nggi o'zgarish: Glebov o'rniga Sigurdsson maydonga tushdi.

83. SHomurodov to'pga egalik qilishi bilan uni oldinga tashladi, ammo himoyachi o'z darvozasiga yaqinroq bo'lgani uchun to'pni egallab oldi.

81. SHapidan ajoyib zarba, ammo Baburin to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

80. Martinovichning boshi yorilgan va qon oqmoqda. Ammo hakam buni payqamadi va uchrashuv davom etyapti. 

79. O'zgarish: Bayramyan o'rniga Saplinov maydonga tushdi.

78. "Krasnodar"dan xavfli hujum, ammo zarba hujumdek xavfli chiqmadi. Posbon sekin dumalab kelayotgan to'pni osonlik bilan egallab oldi.

77. Baxtiyor qoida buzdi. Hakam Zaynutdinovga sariq kartochka ko'rsatdi.

75. O'zgarish: Berg o'rniga Ignatev maydonga tushdi.

73. Stadion suhandonining aytishicha, bugungi o'yinni ko'rish uchun arenaga 34 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurdi.

72. O'zgarish: Fernandesh o'rniga Yunes Namli maydonga tushdi.

68. O'zgarish: Ivelin Popov o'rniga Baxtiyor Zaynutdinov maydonga tushdi.

67. "Rostov"ning uzoq davom etgan kombinacion hujumi Bayramyanning to'p oldirishi bilan yakunlandi.

64. Baburinnn! Markus Berg uzatmani darvozaga burdi. Ammo darvozabon ajoyib harakat bilan to'pni maydondan chiqarib yubordi.

61. GOL! Yo'q! Fernandesh to'pni qanotdan uzatganda to'p maydonni tark etib, qaytgan ekan. O'sha vaziyatda Ari to'pni darvozaga joyladi, ammo yon hakam bayroqchani ko'tarib, to'pni darvozabon o'yinga kiritishi kerakligini ko'rsatdi.

60. "Krasnodar"ning o'yini o'xshamayapti, ammo Roman Eryomenko ham to'pni oldirishda davom etmoqda.

57. Eryomenko qarshi hujumga o'tishda noaniq pas berdi va to'pni olib qo'yish uchun qo'pollik ishlatdi. Sariq kartochka.

55. SHarhlovchilarning aytishicha, "Rostov" prezidenti va direktori VIP tribunada emas, "Rostov" zaxira o'rindig'i ortidagi tribunada o'yinni kuzatishayotgan ekan.

53. Popovga sariq kartochka ko'rsatildi. Jamoa sardori qoida buzgani uchun jazolandi.

49. XAVFLI VAZIYAT! Arining bosh bilan uzatmasidan so'ng to'p SHapiga tushdi, darvoza bo'shligiga qaramay Suleymanov aniq zarba bera olmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. O'zgarish: Olsson o'rniga Utkin maydonga tushdi.

- Jamoalar maydonga qaytmoqda.

TANAFFUS! Gollarni TELEGRAM kanalimiz orqali ko'chirib olishingiz mumkin

45+1. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Baburin birinchi bo'limning so'nggi daqiqasida seyv ijro etishga erishdi.

42. O'yinda to'xtalish. Referi VARga murojaat qilgan ko'rinadi. Hammasi joyida, o'yinni davom ettirish mumkin.

41. GOOOL! To'p "Krasnodar" jarima maydonchasi ichiga uzatildi. Himoyachilar uni qaytarishda xatoga yo'l qo'yishdi va Ionov o'ziga kelgan to'pni darvozaga qarata tepdi. Bu safar ham u darvozani ishg'ol qila oldi.

40. Markazga yaqin hududda Roman Eryomenko yiqitildi. SHarhlovchilar esa SHomurodovni "aqlli yigit" deb, uni maqtashda davom etishmoqda.

34. GOOOL! SHomurodov to'pni qabul qildi va jarima maydonchasi ichiga kirishga harakat qilayotgandek ko'rinib, to'pni Ionovga tashlab ketdi. Aleksey esa ajoyib zarba bilan darvozani ishg'ol qildi. SHomurodovdan golli pas!

31. "Rostov"ning navbatdagi qarshi hujumi Romanning tushunarsiz zarbasi bilan yakunlandi.

27. ZARBA! SHapi Bergning uzatmasidan so'ng to'pni raqib darvozasining yaqin burchagiga joylashga urindi, biroz noaniq.

25. Uchrashuvning dastlabki 25 daqiqasida "Krasnodar" ko'proq to'pga egalik qildi, rostovliklar ikkinchi jamoa bo'lib harakat qilishyapti.

19. SHomurodov o'z jarima maydonchasi oldida to'pni egallab oldi va qarshi hujumga otlandi. Ammo u to'pni uzatgan "Rostov"ning boshqa futbolchisi uzatmada biroz adashdi.

18. SHarhlovchilarning so'zlariga ko'ra, SHomurodov 700 ming dollar evaziga "Rostov"ga o'tgan ekan.

16. Markus Berg "ikkinchi qavat"dagi kurashda boshidan jarohat oldi. SHifokorlar tibbiy yordam ko'rsatib, futbolchining boshini boylab qo'yishdi.

13. ZARBA!!! Roman Eryomenko qarshi hujumni uzoqdan zarba bilan yakunlandi. Safonov seyv amalga oshirdi.

12. RPL turnir jadvaliga etibor bergan bo'lsangiz, "Rostov" 29 ochko bilan 3, "Krasnodar" esa 28 ochko bilan 4-o'rinni egallab turibdi.

10. "Rostov" jarima maydonchasiga uzatma, Baburin to'pga chiqishda adashdi, ammo SHapi va Ari to'pni talashib qolgani tufayli o'yindan tashqari holat yuzaga keldi.

9. Bu safar SHomurodov jamoadoshidan to'pni qabul qildi va jarima maydonchasiga kirdi. Hamyurtimiz raqib himoyachisini aldab o'ta olmadi va to'psiz qoldi.

7. "Rostov" raqib jarima maydonchasiga yaqin hududda standart ishlab oldi. Ammo uzatma "Krasnodar" posbonining qo'liga borib tushdi.

5. XAVFLI VAZIYAT! SHomurodov raqibning xato uzatmasidan so'ng to'pni egallab oldi va tezda qarshi hujumga o'tdi. Eldor ochilib borayotgan Aleksey Ionovga to'pni uzatdi. Ionov darvozabon bilan birga bir vaziyatda darvozani ishg'ol qila olmadi.

2. Uchrashuvdagi dastlabki qoidabuzarlik SHomurodov tomonidan amalga oshirildi. U to'p uchun kurashda oyog'ini baland ko'tarib, xavfli o'ynadi. 

1. Uchrashuv boshlandi!

- Jamoalar o'sha mashhur musiqa ostida maydonga chiqib kelishdi.

- 35 074 muxlis sig'adigan "Krasnodar" stadioni bugun to'ladi. CHunki "Krasnodar" - "Rostov" uchrashuvi uchun chiqarilgan barcha chiptalar sotib bo'lindi.


- "Rostov" prezidenti o'z yonidan 2,5 mln. rubl sarflab, rostovlik muxlislarning Krasnodarga borish xarajatlarini o'z bo'yniga olgan edi. U vadasida turdi.



- Assalomu alaykum saytimizning qadrli o'quvchilari. Bahs boshlanishiga bir necha daqiqalar bor. O'yin startigacha sizni zeriktirmaslikka harakat qilamiz.

"Krasnodar" – "Rostov" 0:2

Gol: Ionov 34, 41.

"Stadion Akademii FK Krasnodar"

"Krasnodar": Safonov, Martynovich, Ramires, Petrov, Spayich, Olsson, Vilena, Fernandesh, Suleymanov, Ari, Berg.

"Rostov": Baburin, Kozlov, CHistyakov, CHernov, Xadjikadunich, Popov, Glebov, Ionov, Eremenko, Bayramyan, SHomurodov.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика