KPR Kris Remsini mavsum oxirigacha murabbiy sifatida qoldirmoqchi
12 fev 2015 19:05
Yangiliklar

KPR Kris Remsini mavsum oxirigacha murabbiy sifatida qoldirmoqchi
"Kuinz Park Reyndjers" bosh murabbiyi lavozimini bajaruvchi sifatida ishlayotgan Kris Remsi yozga qadar klubda qolishi mumkin.
Remsi boshchiligidagi KPR bu mavsumda safarda ilk bor g'alabaga erishdi. "Sanderlend" 2:0 hisobida taslim qilindi. The Guardian nashrining xabariga ko'ra, futbolchilar Krisning fikrlarini to'la tushunib olishdi.
Rednapp ketgunicha akademiyada ishlagan Remsi futbolchilarga yaxshi taassurot qoldirgan. Ularning fikricha bu murabbiy kamida yarim mavsum shu lavozimda qolishi kerak.
Keyingi hafta KPR prezidenti Toni Fernandes Londonga uchib keladi va yakuniy qarorni qabul qiladi. 52 yoshli Remsi bu lavozimda qolishdan baxtli bo'lishini malum qilgandi.
Balki, Remsi u qadar kuchli murabbiy hisoblanmas, ammo mavsumning shu qismida kuchli murabbiyni topish juda qiyin.

Fikrlar