"Ko'zlarni bog'lab, tanadan tok o'tkazib, sigaretni qo'lga bosishgan"
01 iyu 2015 16:50
Yangiliklar


"Ko'zlarni bog'lab, tanadan tok o'tkazib, sigaretni qo'lga bosishgan"
Santyagodagi stadionning sakkizinchi sektor ostidagi qorong'u koridori shafqatsiz tarixiy davrni eslatadi. Bu joy 1973 yilda muzlatilgan: Boshqa tribunalarni yangilashayotganda, bunisini Augusto Pinochetning qonli davri sifatida saqlab qo'yishgan. 42 yil oldin, davlat to'ntarilishidan bir kun keyin, CHilida eng katta qamoq ochiladi.
O'sha paytlardan beri tribunaosti joyini to'rt marotaba bo'yashgan, ammo yaxshilab etibor berilsa eski releflarni payqash mumkin. Qamoqdagilar toshlar bilan o'yib yozgan ismlar, chizgan tayoqchalar devorlarda aks etgan.
Milliy stadion 2 oy 1973 yilning 12 sentyabrdan 9 noyabrgacha qamoq vazifasini o'tagan. Bu vaqt ichida undan 20dan 40 minggacha odam o'tgan. Norasmiy malumotlarga ko'ra, so'roqlar davomidagi qiynoqlar tufayli 41 kishi vafot etgan, bazilar esa 300 nafar deydi, ammo siyosiy qamalganlarning CHilidagi qo'mitasi yozishicha, 1850 kishi halok bo'lgan va 1300 nafari izsiz yo'qolgan.
Eng qo'rqinchli ishlar birinchi kunlardan sodir bo'lgan: Minglab qo'lga olinganlar keltirilgan, askarlarning asablari dosh bermasdi va eng og'iri so'roq paytida sodir bo'lardi. So'roqdagilar kerakli javobni aytmaguncha kaltaklangan, kimlardir esa CHili sobiq prezidenti Salvador Alendeni ochiqchasiga qo'llagani uchun otib tashlangan.
"Tanishim ketma-ket uch kun o'liklar orasida o'yg'ongan. Bizga xarbiy asir ekanligimizni aytishgan. Bazida ustimizdan kulishardi. Masalan, bizga soch soqollarimizni olsak keyingi tongda qo'yib yuborishlarini aytishgan. Biz ayyorlik bilan singan oynalar yordamida bu ishni uddalardik, ammo befoyda, chunki ular bizni aldashgan edi" - deydi stadionda 50 kun yashagan Manuel Mendes.
Boshqa asir, Adam Schesh so'zlab berishicha, unga birinchi so'roqdayoq oficer tashlangan: "U menga oyog'i bilan zarba berdi. Natijada qovurg'am sindi. Ammo bu eng yomoni emasligini bilardim. Yuzlari qonga belangan ayollarni ko'rdim. Erkaklarni hayvonga o'xshab ovoz chiqargunlaricha urishgan".
"Ko'zimizni bog'lab, urishgan, polga otishgan. Tanamizdan tok o'tkazib, qo'limizga sigareta bosishardi. Qo'rqinchli edi, futbol muxlisi bo'lsamda, stadionga qaytib o'yin tomosha qilishim uchun juda uzoq vaqt ketdi" - deydi asir Felipe Aguero.
"Qamoqdagi birinchi to'rt kunimda 400-500ta qatl guvohi bo'ldim. O'qlar ovozini eshitardim yoki tanalar qulashini ko'rardim. So'roqdan so'ng odamlarni ikki safga bo'lishardi. Birinchi guruhga hujjatlarini qaytarib berishar, ikkinchi guruhdagilarni esa otib tashlashardi" - deydi Adam Schesh.
Schesh vafot etganlar haqidagi rasmiy malumotlarga ishonmasligini, u erda har kuni 5-7 qatl yuz berishini aytdi.
"15 sentyabrda shunday voqea yuz berdi. Askarlar dalaga borishdi va biz Venceremos qo'shig'ini ("Biz g'olib bo'lamiz" - to'ntarish paytida o'ldirilgan Salvador Alende saylov kompaniyasining madhiyasi) eshitdik. O'q ovozi eshitildi. Qancha ko'p otilsa, qo'shiq ovozi pasayib borardi. Bir qancha vaqtdan so'ng jim bo'lib qoldi. Qo'riqchilar keyinroq bu haqda o'zaro suhbatlashdi va biz u erda 37 kishi bo'lganini eshitdik".
Qo'shiq kuylash qamoq haqida hech bo'lmasa bir necha daqiqa unutishning usuli edi. CHilining Meksikadagi elchisi Rikardo Nunes so'zlariga ko'ra, qamoqdagilar bir kunda bir nechta qo'shiq kuylay olishardi: "Stadion xodimlari maydondagi o'tni tekislayotganini ham ko'rganmiz. Ular paydo bo'lishganda biz "Goool!" deb baqirardik. Bu kayfiyatni biroz ko'tarardi".
CHili Sobiq Ittifoq bilan JCH-1974ga chiqish o'ynaganida Santyagodagi stadion noyabrda qamoq vazifasini o'tashni to'xtatdi. Moskvadagi birinchi o'yinda gol bo'lmagan va Sobiq Ittifoq futbol federaciyasi neytral maydonda javob o'yinini o'tkazishni talab qilgan.
"Davlat to'ntarilishidan so'ng, CHilida demokratik davlatlarga qarshi siyosat hukmronlik qilgan. Milliy stadion esa CHili xalqi vatanparvarlarini qiynaydigan qamoqqa aylantirilgan. Tribunalarda minglab aybsiz insonlar bor edi" - deyiladi Sobiq Ittifoqning bayonotida.
O'shanda FIFA Santyagodagi vaziyatni bilish uchun CHiliga maxsus komissiya yuboradi. Futbol vakillari kelgunicha qamoqdagi barchani olib chiqib keta olishmaydi, shu sababli ko'pchilikni tribunaostiga yoki maydonda ko'rinmaydigan joyga berkitishgan. Qamoqqa olingan Rene Kastroning takidlashicha, unga jim bo'lishni, aks holda esa o'ldirishlarini aytishgan.
"Biz "Hoy, biz bu erdamiz, bizga qarang!" degimiz kelardi. Ammo ular xuddi stadion chimini tekshirayotganga o'xshardi".
FIFA hech narsaga qaramay, Santyagoda o'ynashga ruhsat beradi. Sobiq Ittifoq o'yinga boykot elon qilgan, ammo chililiklar baribir maydonga chiqib, o'zlaricha gol urishgan va bu gol ularni JCH-1974da ishtirok etishiga sabab bo'ladi.
TAS-IX
TAS-IX emas
CHili terma jamoasida yangi rejim borasida hech qanday fikr bo'lmagan. Jamoaning etakchilaridan biri Karlos Kasseli jahon chempionatidan oldin Pinochet bilan qo'l siqishni istamagan. Malum bo'lishicha, to'ntarishdan so'ng uning onasini o'g'irlab ketib, nomalum shaxslar uni qiynagan. Keyinroq Kasseli Pinochetni ochiq tanqid qiladi va 1988 yilda unga qarshi saylov reklamalarida suratga tushadi.
Santyago stadionidagi muzeyni 2000 yillarda ochishga qaror qilishadi. Sakkizinchi sektor.
Hozir sakkizinchi setorga hech kim chipta sotib ololmaydi. Xatto Amerika Kubogi finalida ham ushbu sektor bo'sh qoladi. Orqaroqda esa quyidagi so'zlar yozilgan bo'ladi: "Xotirasiz xalq - kelajaksiz xalqdir".

Fikrlar