So’nggi yangiliklar

08:08Федерико Кьеза фаолиятини Италиянинг бошқа бир топ клубида давом эттириши мумкин  0 07:40Бугун Ўзбекистон кубогининг чорак финалига старт берилади  0 07:17Бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи Париж Олимпиадасида қатнашади   0 02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  5 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  10 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  4 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  17 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  3 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  2 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  5 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  2 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  11 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  3 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

1ta o'yinda taqdiri o'zgarib ketgan Kozak uchun xursandman... Yangiliklar

1ta o'yinda taqdiri o'zgarib ketgan Kozak uchun xursandman...

2009 yil 25 oktyabr Qarshidagi "Nazira" mehmonxonasidamiz. "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvidan bir kun avval odatdagidek kun. Safardamiz, suhbatlashib o'tirgani Odilni xonasiga kirdim.

Allaqachon jamoa sardoriga aylanib ulgurgan Ahmedov xonadan chiqib ketgan, 16 yoshli Vladimir Kozak esa TVda multfilm ko'rib o'tirar edi. Kuldim, Kozak multfilm ko'rayapsanmi? Ha, aka (namangancha shevada) deb kulib qo'ydi. 4 kun avval 16 yoshida asosiy tarkibda debyut qilgan to'raqo'rg'onlik futbolchini hali yoshlik tark etmagan edi. Sodda bolada barchasi tabiiy edi.

Otasi Anatoliy 80-yillarda O'zbekistonga kelib "Kosonsoy" jamoasi safida javlon urgan edi. SHu-shu Namangan viloyatida qolib ketdi, keyinchalik To'raqo'rg'ondan uylandi. SHuning uchun ham Kozak o'zbek tilida ravon gapiradigan iymonli farzand sifatida voyaga etdi. 12 yoshida poytaxtga keladi va Dmitriy Kim qo'l ostida shug'ullana boshladi. Bu "Paxtakor"ning 1993 yilda tavallud topgan futbolchilarni jamlagan oltin avlodi edi. Bolaligini ko'p ham eslamayman, o'sha paytdayoq jamoa sardori edi.

Afsuski yosh vunderkindni asray olmadik. Uni goh yoshlar terma jamoasiga, goh olimpiya, yana MTJga ham chaqirgan paytlari bo'ldi. Bu paytda u bor yo'g'i 17-18 yoshda edi. "Nagruzka" ko'payib ketdi. "Paxtakor" dam bersa bitta terma jamoaga, biri tugasa ikkinchisi boshlanaverdi va Kozakning bolalik yillari o'z yoshiga mos bo'lmagan og'ir yuklamalarni olishga qolib ketdi. Ikkinchi Odil Ahmedov bo'lishi kutilgan futbolchida 22 yoshga to'lganida orqaga ketish holati kuzatildi. CHunki 17-18 yoshida olgan noto'g'ri yuklamalarining asorati uning sog'lig'iga tasir qila boshladi. Biroz yuklamani oshirsangiz, tanasida kuchli og'riq paydo bo'la boshladi. Aynan shuning uchun u bugun xorijda emas, O'zbekistonda faoliyat olib borayapti.

Bundan 2 yil avval MTJga chaqirilganida ko'pchilik uni haqorat qila boshladi, "Babayanning o'g'li". Bugun esa Kuper uni asosiy tarkibga qo'ya boshladi. SHota Arveladzening muhim o'yinchilaridan biriga aylandi. Men yoshlikdagi Kozakni yana ko'ra boshladim, u birovning o'g'li emas, o'z istedodi bilan asosiy tarkib azosi ekanligini isbotlayotganidan ko'proq men xursand bo'layotgandekman. Huddi ukamdek o'sgan futbolchi bo'lganligi sabab bo'lsa kerak. Hozir u poziciyasini o'zgartirgan, himoya chizig'ida to'p tepayapti. O'z paytida gullagan "Anji" mashg'ulotida qatnashib qaytgan edi. O'shanda ham unga jarohati halaqit qilgan. O'z paytida Ilhom Suyunov va Odil Ahmedovning 16 yoshli bolakayning qo'llab-quvvatlashi natijasida bugun u yana muxlislar qarshisida yo'qolib qolmayapti. 


Xotiralardan...


"Metallurg" - "Paxtakor" - 1:1
21.10.2009. Oliy liga 25-tur.
Bosh hakam: Xotamov Arslon.
Gollar: 0:1 - Geynrix Aleksandr, 1:1 - Nagaev Ivan, 90+3
"Paxtakor": Jo'raev Timur, Berdimuradov Raxmatullo, O'runov G'ulom, Miladinovich Boyan, Xolmuhamedov Murod, Markovich Darko (Xolmatov Akmal, 73), Tojiev Farhod (Nikolich Milan, 40) (Xolmurodov Akmal, 90), Geynrix Aleksandr, Ahmedov Odil, Andreev Stanislav, Kozak Vladimir.


2008 yil Fomin, Sergeev va Kozak OCHL doirasigi uchrashuvda OFK bayrog'ini olib chiqishayapti

2009 yil 24 iyun. Vladimir Kozak 1993 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi Toshkent shahar chempionatining tur o'yinida "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda. Mazkur o'yinni kuzatish uchun "Paxtakor"ning o'sha davrdagi rahbarlari Botir Rahimov va Samvel Babayan ham tashrif buyurdilar va...

Va u oradan 4 oy o'tib "Paxtakor"ning asosiy tarkibida Bekobodda "Metallurg"ga qarshi kechgan o'yinni asosiy tarkibda, Aleksandr Geynrix, Odil Ahmedov, Boyan Miladinovich kabi yulduzlar bilan maydonga tushdi

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика