Kovach "Volfsburg" boshqaruviga keldi
24 may 2022 19:50
Yangiliklar


Kovach "Volfsburg" boshqaruviga keldi
50 yoshli xorvatiyalik mutaxassis Niko Kovach "Volfsburg" bosh murabbiyi etib tayinlandi.
"Bavariya" sobiq ustozi 2024/25 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
U bu lavozimda Florian Kofeldtni almashtirdi. "Bo'rilar" uning qo'l ostida Germaniya chempionatida 12-o'rinni egallagandi.
"Dunyoni yaxshi tomonga o'zgartirish va "Volfsburg"dagi murabbiylik jamoam bilan muvaffaqiyatga erishish istagim ulkan. Jamoa katta salohiyatga ega, optimal va muvaffaqiyatli ishlash uchun sharoitlar mavjud", – dedi Kovach.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar