Kovach: “Endi “Bavariya” Dortmund bilan bir xil vaziyatda”
03 mar 2019 08:36
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/480610_original.jpg)
![](/upload/storage/480610_220.jpg)
Kovach: “Endi “Bavariya” Dortmund bilan bir xil vaziyatda”
“Bavariya” bosh murabbyi Niko Kovach “Borussiya” (M)ga qarshi (5:1) bellashuvdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Jamoamdan juda ham xursandman, ammo biz yanada ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Bugun biz Bundesligada joriy mavsumdagi eng yaxshi uchrashuvimizni o'tkazdik. Olimizga mazkur bahsda gol o'tkazmaslik vazifasini qo'ygandik.
Endi turnir jadvalida dortmundliklar bilan bir xil vaziyatdamiz. Sovrin uchun kurashda hali ko'plab oson bo'lmagan bahslarni o'tkazishimiz lozim. Ammo biz chempionlikka erishish uchun barcha narsaga tayyormiz. Jamoada ajoyib muhit hukmronlik qilmoqda”, deydi myunxenliklar ustozi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar