Koutino: "Mening qancha azob chekkanimni hech kim bilmaydi"
18 okt 2021 19:40
Yangiliklar
Koutino: "Mening qancha azob chekkanimni hech kim bilmaydi"
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino "Valensiya"ga qarshi (3:1) o'yindan keyingi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi, u 11 oy ichida birinchi marta kataloniyaliklar tarkibida gol urdi.
"Jarohatdan tiklanib, qancha azob chekkanimni hech kim bilmaydi. Bu gol uzoq tanaffusdan keyin men uchun juda muhim edi.
G'alaba esa jamoa uchun juda muhim, chunki hozircha hammasi biz xohlagandek emas.
Men og'ir lahzalarni boshdan kechirganimdan keyin har qachongidan ham kuchliroq bo'lib qaytyapman. Ortda qolgan lahzalar meni yana-da kuchaytirdi hamda men eng kuchli Filippni qaytarishga qatiy qaror qildim", - dedi braziliyalik futbolchi.
Fikrlar