Koutino jamoadoshlarining noroziligiga sabab bo'lmoqda

Mirjalol Normatov
9 noya 2021, 22:52
"Barselona" xavbeki Filippe Koutino jamoadoshlarining ishonchini qozona olmayapti.

"Sport.es" xabariga ko'ra, kataloniyaliklar futbolchilari 29 yoshli braziliyalikning hulqidan qoniqish hosil qilmayapti. Qayd etilishicha, uning mashg'ulotlardagi qilg'iliqlari jamoadoshlariga yoqmayapti.

"Barselona" yetakchilari uning "Selta"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushishdan bosh tortgani uchun bir necha bora urushib bergan. Biroq bu holatni Koutinoning o'zi rad etdi.

Ushbu mavsumda Koutino Primeroning 8 o'yinida ishtirok etib, 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es