Koutino: "Faqat "Liverpul" haqida o'ylayapman, Xitoyga qiziqayotganim yo'q"
28 jan 2017 10:45
Yangiliklar
Koutino: "Faqat "Liverpul" haqida o'ylayapman, Xitoyga qiziqayotganim yo'q"
"Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino klub bilan shartnoma uzaytirganidan so'ng, Xitoy chempionatida o'ynashga qiziqmayotganini aytdi.
"Liverpul" bilan sovrinlar qo'lga kiritmoqchiman. 5 yillik shartnoma menga shunday imkoniyatni taqdim etadi. Xitoyga qiziqayotganim yo'q. Ayni damda faoliyatim bunday davom etadi deb o'ylamayman. "Liverpul"dan boshqa klub haqida o'ylayotganim yo'q.
Har bir futbolchi o'zini ko'rsata oladigan klub topishi kerak. Men uchun shunday klub - "Liverpul". "Liverpul"da reja, strategiya bor va men buning bir qismi bo'lishni xohlayman.
"Liverpul" - buyuk klub. Ilk marotaba Angliyaga kelganimda menga qanday yordam berishganini eslayman. Menga oila azosidek munosabatda bo'lishdi va o'zimni qulay his qilishimga yordam berishdi" - deydi Koutino.
Fikrlar