Koutino: "Barselona"ga o'sishga bo'lgan katta istak bilan qaytdim"
11 okt 2020 17:38
Yangiliklar
Koutino: "Barselona"ga o'sishga bo'lgan katta istak bilan qaytdim"
"Barselona" yarim himoyachisi Felipe Koutino Kataloniya klubiga qaytgani haqida gapirdi.
"Aytishim mumkinki, "Barselona"ga o'sishga bo'lgan katta istak bilan qaytdim. Ishlamoqchiman va jamoaga yordam bermoqchiman. Men bu narsani klubda ham, Braziliya terma jamoasida ham qilmoqchiman.
Men doim yaxshilanishni xohlayman. "Bavariya"dagi ijaradan olgan narsam ko'p mehnat qilish kerakligidir. Jismoniy tayyorgarlik ustida ko'p ishladim, shu sabab o'zimni yaxshi his qilyapman.
"Bavariya"dagi mashg'ulotlarda bosim intensivlikka beriladi va bu boradagi natijani Myunxen klubida o'ynayotgan ko'plab o'yinchilarda ko'rish mumkin", - deydi Koutino.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar