Koutino “Barselona”da afsonaviy Kroyf o'ynagan raqamni tanladi
09 jan 2018 00:31
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/298723_original.jpg)
![](/upload/storage/298723_220.jpg)
Koutino “Barselona”da afsonaviy Kroyf o'ynagan raqamni tanladi
“Barselona”ning yangi azosi Filippe Koutinoning kataloniyaliklar tarkibida qaysi raqam ostida maydonga tushishi malum bo'ldi.
Endilikda “Liverpul” klubining sobiq yarim himoyachisi “Barselona” 14-raqam ostida harakat qiladi, deb xabar bermoqda Sky Sports nashri. Kecha, yani 8 yanvar kuni Kataloniya klubi Koutinoning taqdimot marosimini o'tkazgan, lekin futbolchi qaysi raqamni olishini oshkor qilmagandi.
Malumotda aytilishicha, braziliyalik yarim himoyachiga 14-raqam topshiriladi. Hozirda bu raqamli futbolka himoyachi Xaver Maskeranoga tegishli. Lekin 33 yoshli argentinalik shu oyda Xitoy klubiga ko'chib o'tgach, bu raqam egasiz qoladi.
Takidlash joiz, “Barselona”da o'z vaqtida 14-raqam ostida gollandiyalik mashhur futbolchi Yoxan Kruiff to'p tepgandi. “Liverpul” klubida Koutino “Barselona”da Messiga tegishli bo'lgan 10-raqam ostida o'ynardi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar