Kosta ham Italiyani tark etdi
21 mar 2020 22:46
Yangiliklar
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Duglas Kosta koronavirus tufayli belgilangan 14 kunlik karantin muddati nihoyasiga etmay Italiyani tark etdi. "Football Italia" nashri xabariga ko'ra, vinger "keksa sinora" rahbariyatidan Braziliyadagi uyiga qaytish uchun ruxsat olgan.
Eslatib o'tamiz, Italiya ayni damda koronavirus pandemiyasining jahondagi o'chog'iga aylangan. Bunga qadar "zebralar"ning Gonsalo Iguain, Miralem Pyanich va Sami Xedira singari futbolchilari ham mamlakatni tark etgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar