So’nggi yangiliklar

10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  2 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  5 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  4 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  12 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  2 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  2 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  25 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  11 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  45 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  5 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  81 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  134 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1048

"Kosonsoy": CHiroyli va tezkor gollar evaziga yirik g'alaba Yangiliklar

"Kosonsoy": CHiroyli va tezkor gollar evaziga yirik g'alaba

"Kosonsoy" kecha Farg'onaning "Yozyovon-Lochinlari" jamoasini qabul qildi.
Birinchi bo'limning 11 daqiqasidayoq mehmonlar hisobni ochishdi. Himoyachilarimiz yo'l qo'ygan xatodan unumli foydalangan raqiblarimiz darvozamizga gol kiritishdi. Birinchi bo'lim tengkurashlar ostida o'tdi. Uchrashuvning 38-daqiqasiga kelib Davlatbek Yorbekov raqib jarima maydoniga yorib kirdi va to'pni to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, yakunda chiroyli gol va 1:1. Birinchi bo'lim huddi shu hisobda yakuniga etdi. Ikkinchi bo'limda jamoamiz futbolchilari ancha ishonchli tarzda futbol o'ynashdi. 50-daqiqaga kelib jarima to'pini o'sha "standartlar qiroli" Sardor Sotivoldiev darvozaga yo'llab qo'ydi va hisobni 2-1ga tenglashtirdi.

Faollik yaqqol biz tomonga o'tdi. Oradan 2 daqiqa o'tib raqiblarimiz yana qo'pollik ishlatishdi. Endi bu safar jarima zarbasini birinchi gol muallifi Davlatbek Yorbekov o'ng tomondan juda chiroyli holatda darvozaga yo'llab, raqiblarimizni jazoladi. O'yin tizginini qo'lga olgan jamoamiz yana 2daqiqadan so'ng hujum uyushtirdiyu Endi bu safar Davron Isoqovning bergan uzaytmasini yolg'iz qolib ketgan Bobur Karimov darvozaga yo'llab qo'ydi. Hisob 4:1. Endi bu safar jamoamiz to'purari Davron Isakovga yana qo'pollik ishlatishdi. Bu holat ham oradan uch daqiqa o'tib yuz berdi. Penaltini aniq amalga oshirgan Davron o'zining gollarini 6taga etkazib oldi. Yakunda tezkor va chiroyli gollar evaziga mavsumdagi birinchi yirik g'alaba qo'lga kiritildi Bu g'alabadan so'ng jamoamiz turnir jadvalida 15-ochko bilan  2-o'rinni band qilib turibdi. "Kosonsoy" bu yilgi mavsum 7-tur davomati bo'yicha 14ta gol kiritib SHarq mintaqasida eng ko'p gol kiritganlar ro'yxatini ham boshqarib bormoqda. Keyingi uchrashuv 13-may kuni o'yingohimizda Toshkentning "Paxtakor-2" jamoasi bilan bo'lib o'tadi. Jamoamizga bo'lajak bellashuvlarda omad va ulkan zafarlar tilab qolamiz.

7-tur. 8 may (juma)
Kosonsoy (Kosonsoy) – Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – 5:1. 1513 tomoshabin.
Hakam: V. Serazetdinov (Toshkent) – 8,6, SH. Mirjalalov (Toshkent) – 8,2, Z. Erkinov (Toshkent) – 8,2, R. Fozilov - 9
Nazoratchi: R. Karataev (Toshkent viloyati.).
Gollar
: Davlatbek Yorbekov (38, 52), S. Sotivoldiev (50), B. Karimov (54), D. Isoqov (57-pen) – B. Maxtiraliev (11).
Ogohlantirishlar: N. Adamhonov (7), A. Abduboqiev (42), M. Jamolov (56) – R. Tohirov (50), S. Burhonov (57).
 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика